Четверг, 22.08.2019, 20:36
Приветствую Вас Гость | RSS

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 65
Статистика

Онлайн всего: 28
Гостей: 28
Пользователей: 0
Главная » 2017 » Ноябрь » 8 » Yuz teringiz turini mini test orqali aniqlang!
08:37
Yuz teringiz turini mini test orqali aniqlang!

1. Yuzingiz yuvilgandan so‘ng qanday holatda bo‘ladi?

A. Taranglashadi.

B. Yaltirab qoladi.

V. Sog‘lom va tekis.

G. Peshana va dahan qismi yaltirab, yonoqlar quruqlashadi.

D. Salgina qizaradi.

2. Oziqlantiruvchi pardoz vositalaridan foydalanmasangiz, nima o‘zgaradi?

A. Quruqlashadi, teri tortishib qoladi.

B. Yog‘lashib ketadi.

V. Me'yoriy holatda bo‘ladi.

G. Peshana va dahan qismi yog‘lashib, yonoqlar tabiiy ko‘rinishda bo‘ladi.

D. Teri ta'sirchanligi ortadi.

3. Yuzingizning teri katak­lari qanday tuzilgan?

A. Deyarli bilinmaydi.

B. Kattalashgan.

V. Ko‘zguda yaqqol ko‘zga tashlanadi, ammo pardoz qilinganida bilinmaydi.

G. Yuzning «T» qismida yaqqol ko‘zga tashlanadi, yonoqlarda esa kichraygan.

D. Ba'zida bilinidi, ba'zida esa yo‘q.

4. Iste'mol qilayotganlaringiz yuz terisiga ta'sir etadimi?

A. Ko‘p miqdorda gazlangan ichimliklar yuzimni quruqlashtirib yuboradi.

B. Yog‘li taomlardan so‘ng yuzim yaltirab qolgandek bo‘ladi.

V. Hech qanday ta'siri yo‘q.

G. Meva va sabzavotlardan tanovul qilmasam, peshana va dahan qismida toshmalar yuzaga keladi.

D. Achchiq ta'mli eguliklardan so‘ng yuzim qichishadi.

Yuz teringiz qaysi turga mansub ekanligini bilish uchun javoblarni quyidagicha belgilang.

Javoblar orasida A harfi ko‘p bo‘lsa, demak, yuzingiz quruq.

B javobi ko‘p bo‘lsa, yuzingiz yog‘li.

V javobi etakchilik qilsa, normal yuz terisiga egasiz.

G javobi ustun bo‘lsa, aralash turdagi yuz terisi sohibasisiz.

D javobi ko‘p bo‘lganida esa yuz teringiz ta'sirchan turga mansubdir.


Ushbu ma'lumot www.mulohaza.uz saytidan olindi
Категория: Go'zallik sirlari | Просмотров: 343 | Добавил: ADMIN | Теги: go'zallik sirlari, quruq yuz terisi, yuz terisini parvarishlar, yuz terisin turini aniqlash, yog'li yuz terisi | Рейтинг: 5.0/4
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Ноябрь 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930

Copyright MyCorp © 2019
uCoz