O‘zbekiston Markaziy banki 2019 yilning 11 noyabrdan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini belgiladi.
Yangi qiymatga ko‘ra, AQSh dollari kursi o‘tgan haftadagi kursga nisbatan + 23,50 so‘mga oshib, 9 490,77 so‘mni tashkil etdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda «kuyov-salom» videosi tarqaldi. Marosim aynan qayerda, qachon o‘tkazilgani noma’lum.
Shunga o‘xshash «kuyov-salom» videosi avval ham tarqalgan, lekin marosim aynan qayerda o‘tkazilgani noma’lumligicha qolgandi.
Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovlarining o‘n ikkinchi kuni (9 avgust) natijalari e’lon qilindi.
Iqlimshunoslarning ta`kidlashicha, 2019 yilning iyul oyi meteokuzatuvlar tarixidagi eng issiq mavsum sifatida qayd etildi. Bu haqda Euronews.com nashri xabar berdi.
Majburiy ijro byurosi tizimida ijroga qaratilayotgan hujjatlarning aksariyati qarz undirish masalasi bilan bog‘liq. Xususan, turli banklardan bir qator tadbirkorlarning qarzdorligi holatlari bunga misol bo‘ladi.
Qurbon hayiti namozi Toshkent shahrida shu yil 11 avgust kuni, ertalabki soat 05:45 da o‘qiladi. Qolgan hududlarda taqvim kitoblaridagi hududlarda namoz vaqtlaridagi tafovutni inobatga olgan holda ado etiladi, deb xabar beradi «Azon.uz».
Toshkent shahar Turizmni rivojlantirish departamenti hamda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi mazkur bo‘linmaning faoliyatini yo‘lga qo‘yish davomida Buxoro va Samarqanddagi Xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘linmalari vakillari bilan uchrashib, ularning ish tajribasi bilan tanishdi, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.
Bugun, 5 avgust kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i Barno Rajabov ishtirokida test sinovlari to‘g‘risida navbatdagi brifing bo‘lib o‘tdi.
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari Komil Allamjonov Alter Ego dasturida intervyu berdi. Unda u prezident matbuot xizmati rahbari sifatida ishlagan vaqtida Shavkat Mirziyoyevning odatiy ish kuni qanday ko‘rinishda bo‘lgani to‘g‘risidagi ma’lumot bilan o‘rtoqlashdi.