Понедельник, 28.09.2020, 00:11
Приветствую Вас Гость | RSS

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 93
Статистика

Онлайн всего: 3
Гостей: 2
Пользователей: 1
leslietx2
Главная » 2018 » Октябрь » 31 » Yaponiya malikasi oddiy fuqaroga turmushga chiqqani uchun maqomidan voz kechdi (foto)
20:47
Yaponiya malikasi oddiy fuqaroga turmushga chiqqani uchun maqomidan voz kechdi (foto)

Yaponiya imperatori Akixitoning amakisi Norixitoning qizi – 28 yoshli malika Ayako oddiy fuqaroga turmushga chiqdi. Yapon nashri "The Mainichi"ning xabar berishicha, to‘y 29 oktyabr kuni Tokiodagi Meydzi ibodatxonasida bo‘lib o‘tgan.

Ayakoning turmush o‘rtog‘i 32 yoshli Key Morito – "Nippon Yusen Kaisha" yuk tashuvchi kemalar kompaniyasi xodimi bo‘lib ishlaydi. Meydzi ibodatxonasida bo‘lib o‘tgan nikoh to‘yida kelin va kuyovning qarindoshlari bilan birga jami o‘ttiz nafar mehmon qatnashgan.

“Baxtli kunimizda yaqinlarimiz yonimizda bo‘lganidan baxtiyorman. Biz otam va onam kabi chiroyli juftlik bo‘lishni xohlaymiz va shunga harakat qilamiz”, – dedi malika marosimdan so‘ng jurnalistlar bilan bo‘lgan uchrashuvda.

30 oktyabr kuni Tokio shahridagi "New Otani" mehmonxonasida to‘y ziyofati bo‘lib o‘tadi. Unda imperiya merosxo‘ri Naruxito va malika Masako, hukumatning 3 avlod rahbarlari hamda bosh vazir Sinzo Abe ishtirok etadi.

Imperator xonadoni an’anasiga ko‘ra, Ayako oddiy fuqaroga turmushga chiqqani uchun maqomidan voz kechgan. Malika to‘ydan oldin imperator xonadoni a’zolaridan rasman uzr so‘ragan va maqomini topshirgan. Endi malika Ayakoga mln dollardan ko‘proq pul sep sifatida ajratiladi. To‘ydan so‘ng malika o‘zining avvalgi maqomi darajasida hayot kechira olishi uchun davlatdan 1,3 mln dollar miqdorida sep puli oladi.

Malika Ayakoning o‘z maqomidan voz kechishi natijasida imperator oilasida 18 ta a’zo qoladi, ulardan 13 nafarini ayollar tashkil etadi.




Ushbu ma'lumot www.zamin.uz saytidan olindi
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 465 | Добавил: ADMIN | Теги: Yaponiya imperatori Akixitoning ama | Рейтинг: 5.0/6
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Bu oyda ko'p o'qilganlar
Поиск
Календарь
«  Октябрь 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031

Copyright MyCorp © 2020
uCoz