Четверг, 22.08.2019, 21:05
Приветствую Вас Гость | RSS

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 65
Статистика

Онлайн всего: 27
Гостей: 27
Пользователей: 0
Главная » 2017 » Ноябрь » 1 » Uy sharoitida fransuzcha «Madlen» pechenьyesini tayyorlaymiz
20:12
Uy sharoitida fransuzcha «Madlen» pechenьyesini tayyorlaymiz

Mashhur fransuzcha pechenьyeni tayyorlash uchun, yaxshisi, oldindan chig‘anoq shaklidagi metall formachalarni sotib olgan ma’qul.

Zarur masalliqlar:

  • oliy navli un — 120 gramm
  • saryog‘ (yoki margarin) — 90 gramm
  • shakar — 80 gramm
  • tuxum — 2 ta
  • limon suvi — 1 osh qoshiq

Maslahatlar:

Yog‘ yumshashga ulgurishi, ammo qayishqoqligini saqlab qolishi uchun, uni avvaldan sovitgichdan chiqarib qo‘ying.

Shakarni upaga aylantirgan ma’qul — shunda xamirda shakar zarrachalari bilinib qolmaydi.

Tayyorlanishi:

Saryog‘ va shakarni ko‘pirtiring. Mikserdan yoki an’anaviy venchikdan foydalaning.

Tuxumlarni qo‘shing va silliq massa hosil bo‘lguniga qadar aralashtirishda davom eting.

Limon suvi va unni qo‘shing. Xamirni qo‘lda qoring, silliq ammo unchalik qattiq bo‘lmagan aralashma hosil bo‘lishi kerak.

Duxovkani 190 darajagacha qizdiring.

Xamirni formachalarga soling va pishirishga qo‘ying.

Pechenьye taxminan 12—15 daqiqada pishib chiqadi. Xamirning ustki qismi qizargach, duxovkadan olish mumkin.


Ushbu ma'lumot www.ayol.uz saytidan olindi
Категория: Pishiriq tayyorlash sirlari | Просмотров: 1120 | Добавил: ADMIN | Теги: pichinniy tayyorlash, pechenya, pishiriqlar tayyorlash, pechenya tayyorlash, pishiriqlar tayyorlanishi | Рейтинг: 5.0/15
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Ноябрь 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930

Copyright MyCorp © 2019
uCoz