Четверг, 22.08.2019, 20:31
Приветствую Вас Гость | RSS

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 65
Статистика

Онлайн всего: 31
Гостей: 31
Пользователей: 0
Главная » 2017 » Ноябрь » 5 » Ummon guruhi - Ishon (Qo'shiq matni)
12:53
Ummon guruhi - Ishon (Qo'shiq matni)

Nega xafasan erkam, nega yuragingda g`am,
Nega lablaring kulmaydi kechagidek ham?
Nega savolimga javob berishga qo`rqasan,
Tushunmayman.

Sezaman ko`zlaring ortida to`la yosh,
Qara, oppoq qorlar ustiga charaqlar quyosh.
Nega menga ochilmaysan, bo`layin sirdosh,
Qanday azob bo`lsa ham, birga beramiz bardosh.

Yo`q, ko`zlaring ma’yusligiga chiday olmayman, yo`q,
Har bir so`zingga tog`ri yondoshaman, bo`lsin ko`ngling to`q.
Hatto, yuragimga qarab kelayotgan bo`lsa ham o`q,
Ortiqcha savol yo`q.

Faqat ayt, xafamisan mendan va nega?
(Bir kun kelib, tegib ketsam-chi jonizga?)
Men seni bir ko`rishda bog`laganman dilimga,
Nafaqat jonimdasan, singib ketgansan qonimga.

Ne bo`ldi senga, deb o`ylasam, sen mendan shubhadamisan?
Sensiz tor bu ko`chalar, sen-la chiroqsiz charaqlar tunda.
Qachon qaramay, yuzing ma’yus, sal qoldi bo`lardi muz,
Bo`lgin hayotimga quvonch, senga yarashmaydi ko`z yosh.

Ishon, jonim, olmos ko`zlaring, kipriklaring, qoshlaring,
So`zlaring va nozlaring havodek kerak, jonim, ishon.
Yuragimda yolg`iz so`zing, lek baribir ma’yus ko`zing,
Dilingda gar bo`lsa so`zing, ayt, bo`layin yaqin do`sting.

Yur, xohlasang, boramiz tog`lar tomon,
Bu holingga qarasam, kayfiyatim yomon.
Hamon tushkunlikda bu ko`zlaring,
Nega to`g`risini ayta olmaydi tiling?

Diling og`rimoqda, sotmoqda ko`zlaring,
Uzatgin qo`llaring, bo`lay hayotingdagi eng ishonchli insoning.
Faqat bo`lmagin tushkun, yo`llaringda bo’lay eng yorug` uchqun,
Sening kulib turishing uchun.

Yana qoldi oz, keladi bahor,
Yana qoldi oz, erib ketar qor.
Ochilar sirli gullar,
Sen sirli guldan ham battar.

Yuzingga quvonch to`ladi qachon?
Tabassuming uchun mayli beray jon.
Faqat bo`lma mahzun, faqat bo`lma mahzun.

Jonim, kulib tur, kulib tur, toki yuragimdan ketsin dard,
Kulib tur, kulib tur, sening ko`zlaring kulsa – bu baxt.
Yig`lama, yig`lama, ko`zlaringga yarashmaydi yosh,
Ayt, qanday azob bo`lsa ham, birga beramiz bardosh.

Ishon, jonim, olmos ko`zlaring, kipriklaring, qoshlaring,
So`zlaring va nozlaring havodek kerak, jonim, ishon.
Yuragimda yolg`iz so`zing, lek baribir ma’yus ko`zing,


Ushbu ma'lumot www. saytidan olindi
Категория: Qo'shiqlar matni | Просмотров: 293 | Добавил: ADMIN | Теги: ummon barcha qo'shiqlari, UmmoN, ummon guruhi qo'shiqlari matni, mp3lari, ummon yangi qo'shiqlari, ummon guruhi | Рейтинг: 5.0/5
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Ноябрь 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930

Copyright MyCorp © 2019
uCoz