Четверг, 22.08.2019, 20:31
Приветствую Вас Гость | RSS

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 65
Статистика

Онлайн всего: 30
Гостей: 30
Пользователей: 0
Главная » 2019 » Август » 5 » «Ular hozir qamoqda o‘tiribdi» - Allamjonov Facebook va YouTube bloklanishi haqida
15:41
«Ular hozir qamoqda o‘tiribdi» - Allamjonov Facebook va YouTube bloklanishi haqida

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari Komil Allamjonov Alter Ego dasturida intervyu berdi. Unda u Facebook va YouTube’ning bloklanishi haqidagi savolga javob qaytardi.

“Agentlik rahbari bo‘lib tayinlanganimdan so‘ng Facebook va YouTube’ning yoqilishi bo‘yicha ma’lum bir harakatlarni amalga oshirdik. Bloklagan shaxslar hozir qamoqda o‘tiribdi. Bunda mantiq shundan iborat bo‘lganki, ularning fikriga ko‘ra, juda ko‘p salbiy ma’lumotlar mavjud edi. Va ular Facebook hamda YouTube’ni yopish orqali salbiy ma’lumotlar oqimini kamaytirish mumkin, degan qarorga kelishgan. Bu borada juda jiddiy munozaralar bo‘ldi. Men salbiy ma’lumotlar bilan qarshi dalillar va qarshi faktlar orqali kurashish kerakligini aytdim.

Bu to‘g‘ri yo‘l, boshqa yo‘l yo‘q. Bugungi kunda internetni o‘chirib qo‘ysangiz, hech narsaga erisha olmaysiz. Xo‘sh, Facebook o‘chirildi. Oxir-oqibat nima bo‘ldi? Hamma VPN’dan foydalanishni boshladi. VPN esa barcha xavfsizlik tizimlarini buzadi. U hamma manbalarga kirish imkoniyatini ochadi. Agar hamma VPN’dan foydalanishni boshlasa, unda davlatda nazorat qilish vositalari qolmaydi, masalan, terroristik saytlar, konstitutsiyaga qarshi turli harakatlarga targ‘ib qiluvchi yoki giyohvand moddalar savdosi bo‘yicha saytlar. Axir, hozirda bularning barchasi saytlar orqali amalga oshirilmoqda. Agar har bir fuqaro har qanday to‘siqdan o‘tib ketadigan VPN’ga ega bo‘lsa, unda o‘z davlatingizni qanday himoya qila olasiz? Biz buni tushuntirdik va bunga erishdik”, - deydi K.Allamjonov.


Ushbu ma'lumot www.Zamin saytidan olindi
Категория: Yurtimiz yangiliklari | Просмотров: 32 | Добавил: SYSTEM | Теги: Youtube bloklanishi, vpn dan foydalanish, o'zbekiston yangiliklari, yurtimiz yangiliklari, qiziqarli xabarlar, youtube haqida | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Август 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031

Copyright MyCorp © 2019
uCoz