Суббота, 20.04.2019, 03:46
Приветствую Вас Гость | RSS

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 57
Статистика

Онлайн всего: 5
Гостей: 5
Пользователей: 0
Главная » 2018 » Декабрь » 18 » Transport vositalarini ijaraga olishni istaysizmi marxamat tartibi bilan tanishing
09:18
Transport vositalarini ijaraga olishni istaysizmi marxamat tartibi bilan tanishing

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan (1015-son, 14.12.2018 y) Yengil avtomobillar va mototransport vositalarini qisqa muddatli ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot“ kanali xabar bermoqda.

Mazkur Nizomga ko‘ra yengil avtomobillar va mototransport vositalarini qisqa muddatli ijaraga berish shartnomasi 30 kundan ortiq bo‘lmagan muddatga yozma tarzda tuziladi.

Qisqa muddatli ijara shartnomasini notarial rasmiylashtirish hamda DYHXX organlaridan ro‘yxatdan o‘tkazish talab etilmaydi.

Qisqa muddatli ijara shartnomasida taraflar, ya’ni ijaraga beruvchi yuridik shaxs, ijaraga oluvchi (ijarachi) esa jismoniy shaxs bo‘ladi.

Shartnoma tuzish uchun ijaraga oluvchi ijaraga beruvchiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

  • pasport;
  • haydovchilik guvohnomasi;
  • tibbiy ko‘rikdan o‘tganlik haqida ma’lumotnoma;
  • garov depoziti kiritilganligini tasdiqlovchi hujjat.


Qisqa muddatli ijara shartnomasining muddati tugagandan so‘ng transport vositasi ijaraga beruvchi tomonidan topshirish va qabul qilish dalolatnoma asosida qabul qilib olinadi.


Ushbu ma'lumot www.zamin.uz saytidan olindi
Категория: Avtomobil olami | Просмотров: 248 | Добавил: ADMIN | Теги: 14.12.2018 y) Yengil avtomobillar v, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar M | Рейтинг: 5.0/3
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Bu oyda ko'p o'qilganlar
Поиск
Календарь
«  Декабрь 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31

Copyright MyCorp © 2019