Среда, 30.09.2020, 03:22
Приветствую Вас Гость | RSS

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 93
Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Главная » 2018 » Октябрь » 29 » Tramp Hindistonga borishdan bosh tortdi
04:37
Tramp Hindistonga borishdan bosh tortdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Nyu-Dehlining Hindistonga 2019 yil 26 yanvarda Respublika kuni nishonlanishi vaqtida bosh mehmon sifatida kelish taklifiga rad javobini berdi

Hindiston tashqi ishlar vazirligi bu holat bo‘yicha hozircha rasmiy izohlar bermagan. Shu jumladan, AQShning Hindistondagi elchixonasi ham prezidentning xorijiy safarlari bo‘yicha rejalarni Oq uy e’lon qilishini vaj qilib, biror izoh berishdan tiyilgan.

Trampning Hindistonga borishdan bosh tortishi haqidagi xabar ikki davlat o‘rtasida bir qator geosiyosiy masalalar, jumladan Eron nefti bo‘yicha ziddiyatlar mavjudligi ortida paydo bo‘ldi. 

Hindistonda Respublika kuni 1950 yildan – mamlakat konstitutsiyasi kuchga kirgandan beri nishonlanib kelinadi. Hindiston hukumati ushbu bayram munosabati bilan an’anaviy ravishda xorijiy yetakchilarni faxriy mehmonlar sifatida taklif qiladi. Bu mehmonlar o‘z navbatida o‘zlari bilan paradda ishtirok etuvchi harbiylarni olib kelishadi. Misol uchun, 2016 va 2017 yillardagi tadbirlarda Abu-Dabi valiahd shahzodasi Muhammad bin Zoid ol Nahayon faxriy mehmon bo‘lgan.


Ushbu ma'lumot www.zamin.uz saytidan olindi
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 380 | Добавил: ADMIN | Теги: AQSh prezidenti Donald Tramp Nyu-De | Рейтинг: 5.0/3
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Bu oyda ko'p o'qilganlar
Поиск
Календарь
«  Октябрь 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031

Copyright MyCorp © 2020
uCoz