Okean tubiga g'arq bo'lgan mash`um "Titanik" kemasi yo'lovchisining kemadan yo'llamoqchi bo'lgan maktubi rekord qiymat – 126 ming funt sterlingga sotildi. Bu haqda Henry Aldridge & Son auksion uyi vakili ma`lum qildi. 

Maktub amerikalik tadbirkor Oskar Xolverson tomonidan 1912 yil 13 aprel, ya`ni kema cho'kishidan bir kun avval yozilgan. Bu maktub kemaning Atlantika okeaniga g'arq bo'lishida hozircha bus-butun topilgan yagona maktubdir. 

Kemada rafiqasi bilan sayohat qilgan Xolverson bu maktubni onasiga yo'llamoqchi bo'lgan. U maktubda kemadan olgan taassurotlari bilan bo'lishgan va taniqli badavlat odam Jon Jyeykob Astorni uchratgani haqida yozgan. Oqibatda Xolverson ham, Astor ham fojia vaqtida tirik qolishmagan. Xolversonning rafiqasi esa o'sha mash`um falokat vaqtida omon qolgan.

Keyinroq Xolversonning jasadi topilib, suv yuzasiga olib chiqilgan. U yo'llamoqchi bo'lgan maktub uning ko'krak cho'ntagidagi yon daftarchasida bo'lgan. 

Britaniyaning Devayzes shahrida joylashgan Henry Aldridge & Son auksion uyi "Titanik" bilan bog'liq buyumlarni sotish bilan shug'ullanadi.