Четверг, 22.08.2019, 20:31
Приветствую Вас Гость | RSS

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 65
Статистика

Онлайн всего: 30
Гостей: 30
Пользователей: 0
Главная » 2017 » Ноябрь » 10 » Terini oqartirish va oftobda toblanish usullari
12:31
Terini oqartirish va oftobda toblanish usullari

Quyoshda qo`l, elka va badan terisinito`g`ri toblash va aksincha, kuygan terini qanday qilib asl holiga keltirish kerakligini bilish istagida bo`lsangiz, diqqat qiling! Sinalgan usullar faqat bizda!

Kerak bo`ladi: kartoshka, sut, qatiq, bodring, kremlar, moychechak damlamasi, ko`k choy, doka

Teri qizarishida

Teri qavati qizarib, achishishni boshlasa, quyidagi usulni sinab ko`ring: sut yoki suyuq qatiqqa ikki qavat dokani namlab, zararlangan teriga qo`ying. Kompress qurib qolmasidan uni alishtirib turing. Muolajani achishish hissi tarqaguncha bajarish kerak. So`ng teri yuzasini engil artib, tarkibida aloe sharbati bor kunduzgi oziqlantiruvchi kremdan yupqa qilib surting.

Sutdek oppoq bo`lganga nima etsin?!

1-2 ta bodringni mayda tishli qirg`ichdan o`tkazib, uni 2-3 osh qoshiq spirt bilan aralashtiring. Ushbu massa 2-3 soat salqin joyda turgach, qoraygan teri yuzasiga aylanma harakatlar yordamida surting. So`ng iliq suvda engil chaying. Bu usulni 2-3 kunda bir marta takrorlab tursangiz, qoraygan teri asl holiga qaytadi.

“Rang-baranglik”dan xalos bo`lish

Agar quyosh jaziramasi ta`sirida elka va qo`llaringiz yuz terisi rangidan farqli bo`lib qolsa, mana bu tavsiya asqotishi mumkin: 2 osh qoshiq tvorogga 1 dona tuxum sarig`i va 2-3 tomchi vodorod pereksidini aralashtiring. Niqobni elka va qo`lga surtib, 15 daqiqaga qoldiring. So`ng iliq suvda chaying. Muolajani 2-3 kunda bir marta bajarish kifoya.

Teringiz quruqmi?

Unda quyoshda qoraygan joylarni oqartirish uchun quyidagi usulga murojaat qiling: 1 osh qoshiq qirg`ichdan o`tkazilgan bodringni 2-3 tomchi borat kislotasi bilan aralashtirib, 2-3 daqiqaga qaynoq suv bug`ida ushlang. So`ng qoraygan teri sohasiga asta surtib, 15 daqiqaga qoldiring. Bu usul yordamida teri ranggi me`yoriy holatini tiklaydi. Muolajani bir haftada 1-2 marta bajarish mumkin.


Qanday toblanish kerak?

Ko`chaga chiqishdan avval “SPF” tarkibli kremni tananing barcha qismiga engil surtib, 15 daqiqadan so`ng istalgan manzilga yo`l olishingiz mumkin. Yoz mavsumining iyul-avgut oylariuchun mazkur kremlarning “30-50+” turlari tavsiya etiladi. Quyoshdan himoyalovchi kremni ko`chada bo`lgan vaqtingiz bir kunda ikki marta surtish maqsadga muvofiqdir. Ana shunda quyosh nurining ta`siri teriga ziyon etkazmay, u bir tekisda toblanadi.

Shokoladrang terini istaganlar...

Hozirgi kunda teriga xiyol toblanganlik ko`rinishini berish uchun maxsus kremlar sotilmoqda. Ana shu kremlar ko`chaga chiqishdan avval badanning barcha ochiq sohasiga tekis surtiladi. Bordi-yu, bunday krem bo`lmasa, achchiq damlangan qora seylon choyini paxtaga namlab, teriga surtish orqali ham toblangandek rang hosil qilish mumkin. Yana bir usul: tarkibida bodring yoki moychechak mavjud bo`lgan kunduzgi kremga to`q rangli yog`upa aralashtirib, badanga surtiladi. Bu ham toblanganlik ko`rinishini beradi.

Sayohatga chiqsangiz...

Suv havzalari yoki dam olish maskanlarida toblanish uchun mo`ljallangan kremni har gal suvdan chiqqach, qayta surtib turish kerak. Agar teringiz ta`sirchan bo`lib, yuza qavati shilina boshlasa, uni aslo olib tashlamang. Quyoshda toblanish uchun avval 10-15 daqiqa so`ng 30 daqiqa, keyinroq esa 1,5 soat vaqt etarli sanaladi.

Qichishishpaydo bo`ldimi?

Odatda, oftobda kuygan teri yuzasi qichisha boshlaydi. Bunday paytda 2 osh qoshiq moychechak gulini 1 litr qaynagan suvga damlab, biroz sovutish kerak. Damlama iligach, dokani namlab, qichishayotgan teri yuzasiga kompress qilinadi. Muolaja kunora bajarilsa, teridagi bezovtaliklar kamayib, uning me`yoriy holati tiklanadi.

Yodda tuting!

Tarkibi vitamin, oziqlantiruvchi qo`shimcha va gormonlardan iborat bo`lgan kremlarni dam olish maskanlari hamda quyosh tig`ida yurgan vaqtingiz surtmaslik kerak. Shuningdek, turli xil moylar ham bundan mustasno emas. Ayniqsa, quruq teri sohibalari ko`chaga otlanayotganda badan terisiga moy surtishlari mumkin emas. Aks holda pigment dog`larga moyillik yuzaga kelishi mumkin.


Ushbu ma'lumot www.ayol.uz saytidan olindi
Категория: Go'zallik sirlari | Просмотров: 461 | Добавил: ADMIN | Теги: go'zallik sirlari, go'zallik, kosmetologiya, terini oqartirish, chiroyli bo'lish, quyoshda tovlansh, oqarish, teri rangi | Рейтинг: 5.0/5
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Ноябрь 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930

Copyright MyCorp © 2019
uCoz