Вторник, 26.03.2019, 07:21
Приветствую Вас Гость | RSS

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 56
Статистика

Онлайн всего: 17
Гостей: 17
Пользователей: 0

Главная » Sport yangiliklari
Sport yangiliklari | Просмотров: 292 | Добавил: BEST_ADMIN | Дата: 18.07.2018 | Комментарии (0)

Sport yangiliklari | Просмотров: 283 | Добавил: BEST_ADMIN | Дата: 12.05.2018 | Комментарии (0)

«Oltin butsa» uchun kurash avjiga chiqdi. Messi Salohga yetib oldi (ro'yxat)«Oltin butsa» uchun kurash avjiga chiqdi. Messi Salohga yetib oldi (ro'yxat)
Sport yangiliklari | Просмотров: 399 | Добавил: BEST_ADMIN | Дата: 09.04.2018 | Комментарии (0)

Uzbek Tigers — Venesuela Caciques 9:1. O‘zbekistonlik bokschilar venesuelalik raqiblarini ayab o‘tirmadiButunjahon boks seriyasida ishtirok etayotgan O‘zbekistonning Uzbek Tigers jamoasi Venesuelaning Venesuela Caciques jamoasiga qarshi jang olib bordi. Bugunning o‘zida 10 ta jang o‘tkazilishi belgilangandi. Ularning barchasi o‘z nihoyasiga yetib ulgurdi. Janglarga Termiz shahri mezbonlik qildi.

Foto: “Sports.uz”

Jamoalar ikki guruhga C1 va C2 guruhiga bo‘lingan holda jang olib bordi.

Dastavval C1 guruhi bokschilari ringda o‘zaro bellashdi.

-49 kg vazn toifasi bokschilari Nodir Mirzaahmedov hamda Luis Polaso o‘zaro jangda bugungi boks oqshomini ochib berdi. Jangni turkiyalik referi Chinor Yasar boshqarib bordi. Hakamlar qaroriga ko‘ra Nodirjon Mirzaahmedov muddatidan avval g‘alaba qozondi. Raqib bokschining qoshi yorilgani bois, hakamlar jangni to‘xtatdi. Shu tariqa Uzbek Tigers 1:0 hisobida oldingan chiqib oldi.

56 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Uzbek Tigers a’zosi Shahobiddin Zoirov venusuelalik raqibi Yoel Finolni mag‘lub etdi. Zoirov hakamlarning qaroriga ko‘ra 3:0 (49:46, 49:46, 48:47) hisobida g‘alaba qozondi.

75 kg vaznda ringga ko‘tarilgan Uzbek Tigers a’zosi Isroil Madrimov venusuelalik Keybar Gonsalesga qarshi ringga chiqdi. Isroil Madrimov hakamni ikki bor hisobni ochishga majbur qildi va katta ustunlik bilan g‘alaba qozondi. Hakamlar bir ovozdan 3:0 (50:45, 50:43, 50:41) hisobida Isroilning g‘alabasini qayd etdi.

C1 guruhining so‘nggi jangida 91 kg vaznda ringga ko‘tarilgan Uzbek Tigers a’zosi Sanjar Tursunovga Venesuela Caciques jamoasidan Bello Dias raqiblik qildi. Sanjar Tursunov ham hakamni 2 bor hisobni ochishga majbur qildi va raqibini mag‘lub etdi. Hakamlar bir ovozdan Sanjarning g‘alabasini qayd etdi. Hisob 3:0 (50:42, 50:44, 50:43) ko‘rinishini oldi.

Shu tariq C1 guruhida Uzbek Tigers raqibini mutlaq 5:0 hisobida yengishga erishdi.

49 kg: Nodirjon Mirzaahmedov – Polanko Vaskes Diskvalifikatsiya sababli Nodirjon g‘alaba qozondi.
56 kg: Shahobiddin Zoirov – Yoel Finol - 3:0 (49:46, 49:46, 49:47)
64 kg: Aliyor Noraliyev – Kristian Palasio - 3:0
75 kg: Isroil Madrimov – Keybar Gonsales - 3:0 (50:45,50:43, 50:41)
-91 kg: Sanjar Tursunov – Bello Dias – 3:0
22:00 dan boshlab C2 guruh janglariga start berildi.

C2 guruhining 1-jangi 52 kg vaznda Jasurbek Latipov Xesus Roxasga qarshi ringga chiqib, raqibini muddatidan avval mag‘lub etishga erishdi.

Ikkinchi jang esa 60 kg vaznda Shunqor Abdurasulov va Luis Kabrera o‘rtasida kechdi. Hakamlar ushbu jangda Shunqorning 2:1 hisobida g‘alaba qozonganini qayd etdi.

Uchinchi jang 69 kg vaznda Mahmud G‘oipov hamda Gabriel Maestre o‘rtasida kechdi. Jangda hakamlar Maestrening 3:0 hisobidagi g‘alabasini qayd etdi.

To‘rtinchi jangda 81 kg vaznda ringga ko‘tarilga Rio Olimpiadasi sovrindori Bektemir Meliqo‘ziyev raqibi Nalej Korbajni muddatidan avval mag‘lub etishga erishdi.

C2 guruhining so‘nggi jangida +91 kg vaznda ringga ko‘tarilgan Bahodir Jalolov raqibi Jordan Ernandesni nokautga uchratib, muddatidan avval g‘olib bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi.

52 kg: Jasurbek Latipov - Xesus Roxas - TKO4
60 kg: Shunqor Abdurasulov - Luis Kabrera - 2:1
69 kg: Mahmud G‘oipov - Gabriel Maestre - 1:2
81 kg: Bektemir Meliqo‘ziyev - Nalek Korbaj - KO1
+91 kg: Bahodir Jalolov - Jordan Ernandes - KO1
Shu tariqa Uzbek Tigers Venesuelaning Venesuela Caciques jamoasini umumiy 9:1 hisobida mag‘lub etib etishga erishdi.
Sport yangiliklari | Просмотров: 244 | Добавил: BEST_ADMIN | Дата: 08.04.2018 | Комментарии (0)

La-Liga: « Barselona» qiyinchiliksiz «Leganes»ni taslim etdi. Messidan het-trik!Ispaniya chempionati 31-turi doirasidagi « Barselona» hamda «Leganes» o'rtasidagi uchrashuv o'z poyoniga etdi. Kutilganidek mezbonlar ustunligi ostida kechgan bahsda 3:1 hisobi qayd etildi va har uchchala golga Lionel Messi mualliflik qildi.
Argentinalik futbolchi dastlab uchrashuvning 27-daqiqasida jarima zarbasini juda chiroyli tarzda ijro etib, hisobni ochgan bo'lsa, 32-daqiqada Filippe Koutinoning ajoyib uzatmasidan so'ng deyarli birga-bir vaziyatdan foydalandi.
Birinchi bo'limda boshqa gol kiritilmadi.
Ikkinchi bo'limning o'rtalarida kataloniyaliklar biroz xotirjamlikka berilishdi chog'i o'z darvozalaridan to'p olib chiqishdi. Nabil el Jar hisobni qisqartirgan gol muallifi bo'ldi.
87-daqiqada esa Leo o'yindagi uchinchi golini kiritib xet-trigini rasmiylashtirdi.
Shu tariqa kataloniyaliklar o'z hisoblariga yana uch ochko qo'shib, chempionlik sari yana bir ishonchli qadam tashlashdi.
LA-LIGA. 31-TUR
BARSELONA– LEGANES 3:1(2:0)
7 aprel, «Kamp Nou»
Gollar0 – 27 Messi, 2:0 – 32 Messi, 2:1 – 68 El-Jar, 3:1 – 87 Messi.
Barselona: ter Stegen, Vermalen, Pike, Nelson Semedu, Andre Gomesh, Serdji Roberto (Alba, 74), Koutino (Inesta, 81), Rakitich, Dembele (Denis Suares, 88), Messi, Suares.
Leganes: Kuelyar, Bustinsa, Raul Garsiya, Saldua, Siovas, Eraso (Brashanats, 60), Ramos, El-Jar, Peres (Gerrero, 78), Amrabat (Bovyu, 46), Pires.
Ogohlantirishlar: Siovas (51), Pires (55), Peres (76), Koutino (78), Saldua (79), Alba (84).
Sport yangiliklari | Просмотров: 244 | Добавил: BEST_ADMIN | Дата: 08.04.2018 | Комментарии (0)

Ronaldu qaychi uslubidagi golini urish uchun necha metr masofaga sakradi? (foto)“Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu YECHL ¼ final ilk bahsi doirasida “Yuventus”ga (3:0) qarshi o‘yinda qaychi uslubida urgan golida necha metr masofaga sakragani ma’lum bo‘ldi.
Sport yangiliklari | Просмотров: 376 | Добавил: BEST_ADMIN | Дата: 04.04.2018 | Комментарии (0)

“Real” klubi vakillari O‘zbekistonga keladiXabaringiz bor O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va “Real Madrid” klubi akademiyasi direktori uchrashuvi davomida “Qirollik klubi”ning Real Madrid Foundation Clinic dasturi asosida O‘zbekistonda “Real Madrid” klubining futbol maktabi ochilishi bo‘yicha kelishuvga erishilgandi.
Sport yangiliklari | Просмотров: 253 | Добавил: BEST_ADMIN | Дата: 04.04.2018 | Комментарии (0)

Termizda Uzbek Tigers janglarini sabrsizlik bilan kutishmoqda (video)Butunjahon boks seriyasining sakkizinchi mavsumida ishtirok etayotgan Uzbek Tigers guruhdagi so‘nggi ikki uchrashuvini venesuelalik raqiblariga qarshi o‘tkazadi.
Sport yangiliklari | Просмотров: 388 | Добавил: BEST_ADMIN | Дата: 04.04.2018 | Комментарии (0)

Jinsiy aloqada erkaklarda kuzatiladigon muammolar:sabablar va yechimlar

Охирги йилларда тиббиётда эркаклар учун ҳақоратли саналган импотенция ўрнига эректил дисфункция термини қўлланила бошланди. Номику ўзгарар, аммо эркак учун бу хасталикнинг залвори асло камайгани йўқ.

Sport yangiliklari | Просмотров: 449 | Добавил: ADMIN | Дата: 14.01.2018 | Комментарии (0)

Umid Ahmadjonov: «Samvel Babayan O‘zbekiston xalqini aldadi»

O‘zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Umid Axmadjonov O‘zbekiston milliy terma jamoasini 2018 yilgi jahon chempionatiga olib chiqa olmagan sobiq murabbiy Samvel Babayan xaqida o‘ta keskin fikrlar bildirdi.

 

Sport yangiliklari | Просмотров: 354 | Добавил: ADMIN | Дата: 26.12.2017 | Комментарии (0)

1 2 3 4 »
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Март 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Copyright MyCorp © 2019