Среда, 30.09.2020, 01:36
Приветствую Вас Гость | RSS

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 93
Статистика

Онлайн всего: 3
Гостей: 2
Пользователей: 1
rosannaux3
Главная » 2018 » Октябрь » 29 » Shol bo‘lgan qizaloq musiqa yordamida tuzala boshladi
04:34
Shol bo‘lgan qizaloq musiqa yordamida tuzala boshladi

Bu Yaratganning mo‘’jizasi Angliyaning Bristol shahrida yuz berdi. Miranda Meldrum ismli qizaloq bor yo‘g‘i 13 yoshda edi. Kunlarning birida fojia yuz berdi. Kutilmaganda qizaloqning miyasiga qon quyildi-yu, shol bo‘lib qoldi. U gapirish, harakatlanish tugul, ko‘z qarashlarini ham boshqara olmasdi. Qizaloqning hayotini saqlab qolish, uni oyoqqa turg‘azish uchun vrachlar uzoq vaqt harakat qilishdi. Afsuski, natija chiqmadi. Qizaloq salomatligi masalasida hech qanday o‘zgarish yuz bermadi. Mutaxassislar uni oyoqqa turg‘azish uchun atigi 5 foiz imkoniyat borligini aytib turib olishdi. Ammo ota-onasi ortga chekinishni sira xohlamasdi. Ular umid qilishardi. Mirandaning sog‘ayib ketishiga ko‘ngillarining tub-tubida qattiq ishonishardi. Onasi sira o‘ylab o‘tirmay, qo‘liga sintezatorni olib qizi yoqtiradigan kuylarni chala boshladi. Shundan bo‘lak chorasi ham qolmagandi. Chalaverdi, yig‘lab-yig‘lab sintezatorga darini to‘kib solaverdi. 54 yoshli otasi Jon ham qarab turmadi. Onasi charchaganda, qizi sevadigan qo‘shiqlarni gitara jo‘rligida ijro etdi. Kuylayverdi. Bag‘ri dog‘langancha qo‘shiqni qo‘shiqqa ulayverdi…

Qarang, xudoyimning mo‘’jizasini ko‘ring! Bristol kasalxonasidagi manaman degan vrachlarni, bo‘limdagi bemorlarni, ota-onasini, yaqinlarini hayron qoldirib, Miranda avval ko‘z qarashlarini boshqara bildi. Keyin qo‘llarini, ketidan tanasining boshqa qismlarini qimirlata boshladi. Ha, u barchaning ko‘z o‘ngida sog‘aya boshladi. Gapirishini-ku aytmasa ham bo‘ladi.

— Menga ota-onam ijro etgan kuy-qo‘shiqlar haqiqiy dori vazifasini o‘tadi, — dedi u. — Men shunchalar ularni yoqtirib, sevib tinglay boshladimki, tuzala boshlaganimni o‘zim ham sezmay qolibman…

To‘g‘ri, vrachlar Mirandaning uyiga ketishiga izn berganlaricha yo‘q. Aytishlaricha, juda ehtiyotkorlik zarur ekan. Nima bo‘lmasin, muolajalarni oxiriga yetkazish shart ekan.


Ushbu ma'lumot www.zamin.uz saytidan olindi
Категория: Qiziqarli ma'lumotlar | Просмотров: 395 | Добавил: ADMIN | Теги: Bu Yaratganning mo‘’jizasi Angliyan | Рейтинг: 5.0/4
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Bu oyda ko'p o'qilganlar
Поиск
Календарь
«  Октябрь 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031

Copyright MyCorp © 2020
uCoz