Пятница, 15.11.2019, 08:50
Приветствую Вас Гость | RSS

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 74
Статистика

Онлайн всего: 20
Гостей: 20
Пользователей: 0
Главная » 2019 » Ноябрь » 2 » Sevib qolish inson uchun qanchalik foydali ekanini bilasizmi?
17:07
Sevib qolish inson uchun qanchalik foydali ekanini bilasizmi?

Inson mavjud ekan, u sevadi, seviladi, u tufayli yoki baxtga erishadi yoki qattiq azob chekadi. Xo‘sh, nega bu tuyg‘u insonga bu qadar kuchli ta’sir qiladi?
Agar dunyoda sevgi bo‘lmasa, ehtimol, Yer sayyoramiz aylanishdan to‘xtarmidi?!

Bir faylasuf aytgan edi:"Agar siz hech qachon sevgi azobini totmagan bo‘lsangiz, yo o‘ta baxtlisiz yo o‘ta yolg‘izsiz!" Ilm-fan jihatidan qaralsa, olimlar nazarida sevgi ham bir biologik yoki psixologik jarayondir. Ilm-fan uning sehrli va g‘oyibona kuchini faktlar bilan isbotlab beradi. Quyida sevgi-muhabbat bilan bog‘liq bir nechta qiziqarli ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etamiz:

1. Yer yuzida juftiga sadoqatli mavjudotlar faqatgina insonlar emas, bo‘rilar, oqqushlar, gibbonlar (maymun turi), qora tasqara (qush nomi), albatrosslar va hattoki termitlar (chumoli turi) ham bir umr bitta jufti bilan yashaydi.
2. Agarda siz biror kishida yaxshi taassurot qoldirishni xohlasangiz, dastlabki to‘rt daqiqa sizning taqdiringizni hal qiladi. Aytishlaricha bu jarayonda sizning gaplaringizning ma’nosi, ovoz toni va uning tezligi katta ahamiyat kasb etar ekan.

Ushbu maqolani ham o'qing: Sevgi haqida ma'lumotlar

3. Ikkita oshiq-ma’shuqlar bir-birining ko‘zlariga qarasa, ularning yurak urishlari bir-biriga sezilar ekan. Ba’zi tadqiqotlar g‘ayrioddiy dalillarni taqdim etdi: sevishganlar bir-birlarining ko‘zlariga uzog‘i bilan uch daqiqa tikilib turishsa, ularning yurak urish tezligi bir xil bo‘lib qolar ekan.
4. Sevgi insonga kokain moddasi kabi neurologik ta’sir etar ekan. Kimnidir yaxshi ko‘rgan inson xuddi giyohvand modda iste’mol qilgandek yengil bo‘ladi, chunki ikkala holatda ham eyforiya tuyg‘usi yuzaga keladi. Eyforiya miyaning o‘n ikki sohasiga baravariga ta’sir qilish kuchiga egadir.

5. Ma’lumotlarga qaraganda, sevgan insonini bag‘riga bosish tabiiy og‘riq qoldiruvchi vositadir. Inson sevgan kishisini quchoqlaganda sevgi garmoni deb ataluvchi "oksitotsin" garmoni ishlab chiqariladi. Garmon miyada, tuxumdonlarda va moyaklarda ishlab chiqariladi, aynan oksitotsin garmoni bosh og‘rig‘iga sezilarli darajada ta’sir etishi isbotlangan. Bu usul kimyoviy dorilarni iste’mol qilgandan ko‘ra ancha xavfsizdir.
6. Tekshiruvlarga ko‘ra, hatto inson sevgan kishisining rasmiga qarab tursa ham tanasidagi og‘riqlar kamayar ekan. Bu usul bir qancha bemorlarda yaxshi natija bergan.


Ushbu ma'lumot www.antiqa.uz saytidan olindi
Категория: Qiziqarli ma'lumotlar | Просмотров: 155 | Добавил: SYSTEM | Теги: sevib qolish haqida, qiziqarli ma'lumotlar, qiziqarli faktlar, qanday qilib, qanchalik foydali, sevib qolish, ekanini bilasizmi, inson uchun | Рейтинг: 5.0/8
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Ноябрь 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930

Copyright MyCorp © 2019
uCoz