AQShda Jon Xopkins universiteti olimlari rakning o‘sishi uchun zarur bo‘lgan glutamin metabolizmini bloklaydigan preparatni yaratishdi. «JHU083» birikmasi, shuningdek, xavfli o‘smaning mikro aylanasini o‘zgartirib, immun tizimi oldida zaiflashtirib yuboradi, deya xabar beriladi «MedicalXpress» press-relizida.
Kuz kelib, havo o‘zgaruvchan bo‘lib qolgan bir paytda parhezshunoslar immunitetni mustahkamlashga yordam beruvchi muayyan mahsulotlarni iste’mol qilishni tavsiya qilishadi.
Ko`k choy semirishning oldini oladi va ichaklar faoliyatini yaxshilaydi, deb yozmoqda Journal of Nutritional Biochemistry jurnali. Bu haqda Sputnik-georgia.ru nashri xabar qildi.
Aniq bo‘lishicha, yomon gigiyena tufayli yuzaga kelgan milk kasalliklari erkaklar jinsiy a’zosini qon bilan ta’minlab turuvchi qon tomirlari zararlanishi ehtimolini oshirar ekan. Mutaxassislar tadqiqot davomida 200 ming nafar erkakni tekshirishgan va ushbu muammolar o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik borligini aniqlaganlar.
Joriy yilda jahonda yana cho‘chqa grippi tarqalishi bilan bog‘liq gap-so‘zlar kishilarni vahimaga soldi. Lekin, mutaxassislarning ta’kidlashicha, grippning har qanday turida profilaktika va davolanish choralari bir xil.
Shvetsiyalik olimlar tadqiqot o‘tkazishdi, u qishki davrda havoning past harorati yurak xuruji ehtimolini oshirishini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari JAMA Cardiolgy jurnalida e’lon qilindi.
Gretsiyalik va ispaniyaliklar olimlarning aniqlashicha, kuniga 6-8 soatlik uyqu yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytiradi va hayotni uzaytiradi. Shu bilan birga, agar odam kuniga olti soatdan kamroq uxlasa yoki kechasi koʻpincha uygʻonsa, unda simptomsiz ateroskleroz ehtimoli oshadi. Bu haqda EurekAlert!ʻning matbuot uchun xabarnomalarida aytilgan.
Dunyodagi bir guruh olimlar gazlangan ichimliklar masalasiga alohida to‘xtalib, ularni me’yoridan ortiq ichish oqibatida xotirani o‘ldirishi muqarrarligini ta’kidlashdi. Ularning fikricha, har kuni gazli ichimlik ichish yana insult, demensiyaga uchrash xavfini oshiradi.
Bundan tashqari, gazli ichimlik miya hajmini kamaytira boradi. Buning uchun kuniga bir mahal gazlangan ichimlik ichish kifoya qiladi. Hatto mevalardan tayyorlangan sharbatlar ham gazlangan bo‘lsa, xotiraning kushandasiga aylanadi. Aynan gazli ichimlik qon sirkulyatsiyasi buzilishiga sababchi bo‘ladi. Shunday ekan, olimlar iloji bo‘lsa, faqat oddiy suv ichib yurishni maslahat berishadi.