Четверг, 22.08.2019, 20:46
Приветствую Вас Гость | RSS

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 65
Статистика

Онлайн всего: 32
Гостей: 32
Пользователей: 0
Главная » 2017 » Ноябрь » 18 » Qomadingizni chiroylik ko'rishini istaysizmi?
21:47
Qomadingizni chiroylik ko'rishini istaysizmi?

Xipchabel xonimga aylanish sirlari bilan tanishtirishdan avval, kelishib olaylik, «Ertadan ozaman!» degan cho‘pchagingizdan voz kechasiz! «Bir-ikki kun dam olib olay», «Mazam qochib qoldi, menga og‘irlik qilarkan» degan bahonalarni ham unutasiz. Jozibali ayolga aylanishni istaysizmi? Unda shartlarimizga ko‘ning-da, qomatingizni tartibga keltiring.

Turmush o‘rtog‘ingizning mulozamatidan eri-i-ib ketganingizda, bizni eslarsiz-a…

«Press»dan naf yo‘qligi rostmi?

Astoydil harakat qilinsa, tana qismlarining barchasini korreksiyalash mumkin, ammo qorin mushaklari uncha-munchaga taslim bo‘ladigan emas. Xo‘sh, qaysargina mushaklarni qanday qilib yo‘lga solamiz? Birinchi talab, ma’lum va mashhur «press» mashqiga chalg‘ilmang. Negaki? ushbu usul qorinning yuqori mushaklarini chiniqtirib, tashqariga bo‘rtib chiqishiga sabab bo‘ladi. Qolaversa, birgina «press» bilan hech qanday natijaga erishmaysiz.

Qorinni ketkazish uchun «press» mashqi quyidagi tartibda bajariladi:

Yotgan holatda oyoqlaringizni birlashtiring, qo‘llar yon tarafda;

Tizzani bukib, oyoqlarni qoringa yaqinlashtirasiz, so‘ng yana dastlabki holatiga qaytariladi;

Mashqni bajarishda tana poldan ko‘tarilmasligiga e’tibor bering. Takroriyligi 10 marta.

«Press»dan so‘ng o‘ng oyoq tizzasini, chap qo‘l tirsagi bilan «uchrashtirish» mashg‘ulotiga o‘tasiz. Mashq har bir oyoqda 10 martadan bajariladi.

Belni ham ozdirish mumkin ekan?!

Qorin mushaklarining har bir qismi alohida yondashuvni talab etadi. Shundan kelib chiqib, bir qancha mashqlarni ketma-ketlikda bajarish lozim.

Yotgan holatda, oyoqlarni tekis cho‘zing;

Qo‘llarni bo‘ksa orqasiga yashiring;

Sanoq avvalida oyoqlarni yuqoriga tikka ko‘tarib, asta pastga tushirasiz. Mashq 8-10 marotaba takroralanadi;

Oyoqlar yuqoriga ko‘tarilayotganida qorinning ikki yon tomoniga bosim tushadi. Shuning hisobiga mushaklar chiniqadi.

«Qaychi»ning afzalliklari ko‘p ekan, chindan shundaymi?

Tug‘ruqdan so‘ng qorin mushaklari bo‘shashib, teri elastikligini yo‘qotgan bo‘lsa, ushbu mashq nihoyatda katta yordam beradi. Demak, mashqni qanday bajaramiz?

Yotgan holatda oyoqlarni tekis cho‘zing;

Qo‘llarni bo‘ksa orqasiga yashiring;

Mashq avvalida oyoqlarni poldan 20-30 santimetr yuqoriga ko‘tarasiz, so‘ng qaychiga monand bir-biriga qarama-qarshi tomonga harakatlantirasiz;

Mashg‘ulot dastlab 10 marta, keyingilari esa 15, 20, 30 martagacha bajariladi.

Uqalash usulidan foydalansa bo‘ladimi?

Jismoniy mashqlarni u qadar xushlamaydigan va erinibgina bajaradigan ayollarni ham unutganimiz yo‘q va ular e’tiboriga uqalash usulini havola etamiz.

Yotgan holatda tanangizni bo‘shashtiring, qorin mushaklari zo‘riqmasligi lozim;

Qo‘llarni qorin o‘rtasiga olib keling-da, kaftning yonlamasi bilan ketma-ketlikda uqalashni boshlang;

Qo‘l kaftining yonlamasi bilan qorin kaftiga yengil zarba tushishi terini taranglashtirib, mushaklarni chiniqtiradi. Uqalashning umumiy davomiyligi 10 daqiqadan kam bo‘lmasligi lozim.

Darvoqe, mazkur usul jismoniy mashqlarga qo‘shimcha tarzda qo‘llanilsa, kutilgan natijaga erishish osonroq bo‘ladi. Uqalash muolajasi uchun aniq vaqt yo‘q, istagingizga ko‘ra ertalab yoki uxlashga yotishdan oldin amalga oshiring. Yagona sharti, ovqatlangandan keyin emas.

«Bo‘ksamni ixchamlashtirmoqchiman, nima qilay?»

Qorin mushaklari bilan hammasi tushunarli bo‘lsa, e’tiborimizni bo‘ksaga qaratamiz. Xayolingiz yovvoyi kaptardek pir etib uchganiga qaraganda, jovoningizda anchadan beri turib qolgan liboslarni o‘ylab qoldingiz, to‘g‘rimi? Tashvishlanmang, tavsiyalarimizga amal qilsangiz, «Kiyimlarim katta kelib qoldi», deya chopqillab qolasiz. Bo‘ksani ixchamlashtirish uchun:

Yonboshlab yoting-da, tana og‘irligini qo‘llarga tashlang;

Chap yonboshlab yotgan bo‘lsangiz, chap oyoqni yuqoriga ko‘tarib-tushirasiz. Takroriyligi 10-15 marta;

Endi tana holati o‘zgartiriladi.

Oyoqlar yuqoriga ko‘tarilganida bo‘ksa mushaklariga zo‘riqish tushadi, mashqning bir maromda bajarilishi esa natijani mustahkamlaydi.

Yana bir usul:

Yotgan holatda bosh, qo‘l va oyoqni bir vaqtda yuqoriga ko‘tarib tushirishingiz kerak. Mashq qanchalik shiddat bilan bajarilsa, qorin va bo‘ksaga yuklama tushishi ortadi. Birinchi safar 10 marta, keyingilarida 15-20 marttagacha sinab ko‘ring.

Keyingisi:

Tik turing-da, qo‘llaringizni belga qo‘ying. Ana endi har bir oyoq tizzasini bukkancha imkon qadar qoringa yaqinlashtirishga harakat qiling. Mashq keskin va tezkorlik bilan bajarilishi lozim. Mashg‘ulot 4-6 daqiqa davom etadi.

Bo‘ksaning ichki tomoni:

Yelkani tekislang, qo‘llarni ko‘krak o‘rtasiga olib kelib birlashtiring. Oyoqlarni yelka kengligidan kattaroq ochasiz (rasmga qarang). «Pliye» deb nomlangan mashq o‘tirib-turish mashg‘ulotini eslatadi, faqat bunda pastga engashish holati oxiriga yetkzazilmaydi. Soddaroq aytganda yarimchala ko‘rinishda o‘tirib-turish mashqini bajarasiz, birinchi galga 10 martasi yetarli.

«Oyoqlarga atalgani bormi?»

Oyoqlaringiz ixchamroq ko‘rinishga kelishini istaysiz-u, bu ishni qanday amalga oshirish o‘ylantirayaptimi? Biz sizga nafaqat foydali, balki eng sodda usulni o‘rgatamiz. Ha-ya, ushbu mashq tahririyat xodimlari o‘rtasida sinalgan! Demak, stulga qulay joylashing, kuragingiz kursi suyanchig‘iga tegib tursin. Qo‘llaringizni suyanchiq orqasiga o‘tkazing-da, bir-biri bilan birlashtiring. Endi oyoq tizzasini yuqoriga ko‘tarishga urinib ko‘ring. Birinchisi salgina qiyinroq bo‘ladi, ammo keyingilarida odatiy mashg‘ulotlardan biriga aylanadi. Mashqni imkoniyatingizga qarab bajarishingiz mumkin.

«Qo‘l terisi osilib qolsa, qanday chora ko‘riladi?»

Parhezlaringiz ish berib, ozdingiz. Ammo tirsakning yuqori qismi puturdan ketgan ko‘rinadi, qarang, terisi osilib qolgandekmi? «Endi nima qilsam ekan?» deya dugonalaringizga sim qoqmoqchi bo‘lsangiz, bir oz tin oling. Axir bizda barcha savollarning javobi bor!

Tirsakning yuqori qismidagi mushaklarni chiniqtirish teri tarangligini ta’minlaydi. Buning uchun har kuni qo‘llarni yon tomonga harakatlantirish, kichik gantellar bilan mashq qilish, qo‘llarni yuqoriga ko‘tarib-tushirish kabi mashg‘ulotlarni kanda qilmang.

Qo‘shimcha choralar!

Jismoniy mashqlardan tashqari har bir tana qismi uchun mo‘ljallangan malahatlarimiz ham yo‘q emas. Diqqat qiling:

Bo‘ksa va oyoqlarni ixchamlashtirishda arqonda sakrashning foydasi bor, ertalab va kechqurun bi-i-ir sakrab qo‘ying, yengillashasiz!

Yuvinayotganda kontrast dush muolajasidan foydalaning. Tananing muammoli qismi, masalan, qorinni olaylik. Dushni soat aylanasi bo‘ylab qorin yuzasida aylantirasiz. Avval iliq, so‘ng sovuq suv, bilasiz-a? Muolaja haftada bir marta 4-5 daqiqa davom etadi.

Haftada ikki marta qo‘l va oyoq terisini uqalash orqali silab turing. Buning uchun avval dush qabul qilasiz, teri namlikni qabul qilib, yumshagach, kosmetik moy surtiladi. Misol uchun, bo‘ksaning son qismi deylik, tizzaning yuqori qismidan boshlab asta tepaga ko‘tarilasiz. Barmoqlar yordamida terini yengil chimdib olish, shapatilash, burab uqalash usullari naf beradi.

Ahamiyat bergan bo‘lsangiz, biz taomnoma haqida gapirmadik. Negaki, cheklov qo‘yganimiz bilan, baribir, ishtahangizni nazorat qilish o‘z qo‘lingizda. Birgina maslahatimiz, teri holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi mahsulotlarga ehtiyot bo‘ling;

Jismoniy mashqlarni tugatilganidan so‘ng yarim soat davomida hech nima tanovul qilinmaydi. O‘tirib yoki yotib olish ham mumkin emas!

Yuqorida keltirilgan mashqlar bor-yo‘g‘i 20-30 daqiqa oladi, xolos. Natijasi esa ko‘pga tatigulik. Darvoqe, jismoniy mashg‘ulotlarga kirishishdan oldin 5 daqiqa qo‘l-oyoq chigilini yozish kerakligini unutmang.


Ushbu ma'lumot www.ayol.uz saytidan olindi
Категория: Go'zallik sirlari | Просмотров: 528 | Добавил: ADMIN | Теги: go'zallik sirlari, ozish sirlari, xipcha bel bo'lish, chiroylik qomad, salomatlik sirlari, go'zal ko'rinish, qaddi qomat | Рейтинг: 5.0/4
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Ноябрь 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930

Copyright MyCorp © 2019
uCoz