Вторник, 29.09.2020, 13:03
Приветствую Вас Гость | RSS

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 93
Статистика

Онлайн всего: 7
Гостей: 7
Пользователей: 0
Главная » 2018 » Ноябрь » 13 » Qanchalik aqlli ekaningizni tekshirib ko‘ring
21:16
Qanchalik aqlli ekaningizni tekshirib ko‘ring

Rasmdagi kranlarning qaysi biridan suv birinchi bo‘lib oqib tushadi? Tanlov 5 soniyadan oshmasligi kerak.

Bine shkalasi bo‘yicha ko‘pchilik insonlar 85 va 114 oralig‘idagi IQ (intellektual salohiyat)ga ega. Mabodo sizning ko‘rsatkichlaringiz past bo‘lsa, demak siz unchalik ham mulohaza qilolmaysiz. Yuqori raqamlar esa aqlning egiluvchanligidan darak beradi, masalan olimlar 130 dan yuqori to‘plashadi. Ushbu test sizning aqliy salohiyatingiz darajasini aniqlashga yordam beradi. O‘ylaymizki, suv birinchi bo‘lib qaysi krandan oqib tushishini tanlab oldingiz!

Demak, qaysi krandan suv birinchi bo‘lib oqib tushadi?

BIRINChI KRAN:
Balki siz dunyodagi eng aqlli inson emasdirsiz, lekin sizning intellektingiz o‘rtacha odamniki bilan teng. Masalaga ko‘pincha original yechimlar topasiz, lekin o‘zingizni chegaralab qo‘ygansiz, shuning uchun yechimlaringizni atrofdagilar bilan baham ko‘rmaysiz, sababi kulguga qolishdan qo‘rqasiz. Siz bir sinab ko‘ring, mana ko‘rasiz, bundan miyangizga yana va yanada ko‘proq g‘oyalar kelishni boshlaydi.

IKKINChI KRAN:
Aqliy salohiyatingiz darajasi boshqalarnikidan ajralib turmaydi, lekin atrofdagilar intellektini kerakli joyga yo‘naltirishni bilasiz. Atrofingizda, har yerda va har joyda imkoniyatlar eshigini ko‘rasiz va boshqalar qobiliyatidan xuddi o‘zingiznikidek foydalanish uchun qarshiliklarni ham yengib o‘tishgada tayyorsiz.

UChINChI KRAN:
Siz aniq original fikrlaysiz. Atrofdagilar sizga nisbatan yetarli hurmatni his qilishmaydi, sababi ular sizning fikrlash tarzingizni kuzata olishmaydi. Shunday bo‘lsada, agar diqqat bilan o‘z maqsad va strategiyalaringizni boshqa odamlarga yetkaza olsangiz, intellektingiz o‘sish darajasi va natijasi sizni uzoq kuttirmaydi.

TO‘RTINChI KRAN:
Siz deyarli dahosiz – faqat to‘g‘ri keladigan odamlar va ma’lumotlarni qidirib topish qoldi xolos. Qobiliyatingizni mayda-chuydalarga ketkazish o‘rniga, diqqatingizni jamlang va ongingizni haqiqatdan arziydigan narsalarning barcha imkoniyatlarini ochish uchun sarflang.

Yodingizda bo‘lsin, sizning har bir tanlovingiz, albatta qandaydir ahamiyatga ega. Biron ish qilishdan oldin, albatta mulohaza qiling.


Ushbu ma'lumot www.zamin.uz saytidan olindi
Категория: Psixologik testlar | Просмотров: 1625 | Добавил: ADMIN | Теги: Rasmdagi kranlarning qaysi biridan , psixologik teslar | Рейтинг: 5.0/28
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Bu oyda ko'p o'qilganlar
Поиск
Календарь
«  Ноябрь 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930

Copyright MyCorp © 2020
uCoz