Четверг, 22.08.2019, 21:14
Приветствую Вас Гость | RSS

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 65
Статистика

Онлайн всего: 29
Гостей: 29
Пользователей: 0
Главная » 2017 » Октябрь » 24 » Oyoqlar uchun parhez
20:38
Oyoqlar uchun parhez

Ha, aynan oyoqlarni ozdirish uchun parhezshunoslar tomonidan maxsus parhez ishlab chiqilgan. Parhezni har kunlik 15-20 daqiqalik jismoniy mashqlarbilan birlashtirishgan holda olib borishingiz shart. Jismoniy mashg`ulotlarga esa: yugurish, suzish, sakrash va tez yurish kiradi.

Asosiy qoidalar:

1 oy o`tib, ozg`in va go`zal oyoqlar egasi bo`lishni istasangiz, kunlik rasioningizga ozgina o`zgartirishlar kiriting. Yog`li go`shtlardan, dudlangan va unli mahsulotlardan, shirinlik, sut va yog`li sut mahsulotlaridan voz kechishingizga to`g`ri keladi.
Kunlik rasionga, albatta, salat bargi, bulg`or qalampiri, sabzi, o`rik qoqisi, banan, mol jigari kabi vitaminlarga boy mahsulotlarni kiriting.
Kun davomida qon aylanishini yaxshilovchi va shishlarning oldini oluvchi zanjabilli va ko`k choy ichishni kanda qilmang. Shuningdek, bir kunda 8 stakan gazlanmagan mineral suv ham iching.
Bu parhezdagi kunlik kaloriya 1100-1500 kkkalni tashkil etadi.
1. Nonushta:

100 gr. yog`siz yogurt, bitta ko`k olma, bir bo`lak ozgina sariyog` surtilgan non, ko`k choy;
1 dona qaynatilgan tuxum, 2 bo`lak non pishloq bilan va zanjabilli choy;
2 osh qoshiє yog`siz sut yoki yogurt bilan aralashtirilgan yorma;
bitta olma, 100 ml. yogurt va choy.
2. Tushlik:

200 gr. qaynatilgan tovuq go`shti, limon sharbati qo`shilgan sabzavotli salat;
2 osh qoshiq qaynatilgan loviya va salat bargi;
sabzavotli sho`rva, o`simlik yog`ida dimlangan mol jigari;
yog`siz kurka go`shti va salat bargidan buterbrod va ko`k olma.
3. Tolmachoy:

Bitta banan, 100 ml. yog`siz yogurt yoki kefir;
mevali salat;
sabzavotli salat;
2 dona pomidor va salat bargi.
4. Kechki ovqat:

150 gr. dimlangan gulkaram, 25 gr. yog`siz pishloq va pomidor;
dimlangan baliq, bulg`or qalampirli va ko`kpiyozli salat, 1 dona qaynatilgan kartoshka;
dimlangan mol jigari, sabzavotli salat, 2 osh qoshiq kartoshka bo`tqasi.
ko`kpiyoz va yashil no`xot qo`shilgan spagetti, limon sharbati qo`shilgan pomidor va bulg`or qalampirli salat.
Parhezda tanlash imkoniyati bor, har kuni 4 marta istagan majmuani tanlab parhez qiling. Bu parhezni o`zlarida sinagan ayollar 1 oyda 5-7 kilogramm vazn tashlashgan va oyoqdagi ortiqcha santimetrlardan xalos bo`lishgan. Albatta, jismoniy mashqlar bilan birgalikda. Siz ham buni qilib ko`ring.
Manba: «Sug'diyona» gazetasi


Ushbu ma'lumot www.ayol.uz saytidan olindi
Категория: Go'zallik sirlari | Просмотров: 526 | Добавил: ADMIN | Теги: qomadni chiroyli qilish, qomad, go'zal qomad, go'zallik, oyoqlar uchun parxez, parxezlar, parxez usullari | Рейтинг: 5.0/2
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Октябрь 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031

Copyright MyCorp © 2019
uCoz