Понедельник, 17.06.2019, 10:07
Приветствую Вас Гость | RSS

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 61
Статистика

Онлайн всего: 13
Гостей: 13
Пользователей: 0
Главная » 2018 » Декабрь » 4 » O‘zbekistonda minimal ish haqi oshirilishi mumkin
09:12
O‘zbekistonda minimal ish haqi oshirilishi mumkin

O‘zbekistonda minimal ish haqi 577 ming so‘mgacha oshirilishi mumkin. Bu ko‘rsatkich 1 dekabrgacha 456 ming so‘mga teng edi. Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida joylashtirildi.

O‘zbekistonda minimal ish haqi yagona tarif setkasi koeffitsentlari bo‘yicha hisoblanadi. Hukumat 2019 yil 1 yanvardan quyi razryadlar koeffitsentlarini o‘rtacha 10 foizga oshirishni rejalashtirmoqda.

Bunda tarif setkasidagi koeffitsentlarni anglatuvchi 2,476, 2,725 va 2,998 raqamlari tegishli ravishda 2,847, 2997 va 3,148 raqamlariga almashtiriladi.

Shunda kelgusi yil yanvaridan birinchi, ikkinchi va uchinchi razryadlar bo‘yicha maosh oluvchilar ish haqi 577, 607 va 638 ming so‘mgacha ko‘tariladi.


Ushbu ma'lumot www.zamin.uz saytidan olindi
Категория: Yurtimiz yangiliklari | Просмотров: 268 | Добавил: ADMIN | Теги: O‘zbekistonda minimal ish haqi 577 | Рейтинг: 5.0/2
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Bu oyda ko'p o'qilganlar
Поиск
Календарь
«  Декабрь 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31

Copyright MyCorp © 2019
uCoz