Понедельник, 28.09.2020, 00:04
Приветствую Вас Гость | RSS

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 93
Статистика

Онлайн всего: 4
Гостей: 4
Пользователей: 0
Главная » 2018 » Октябрь » 24 » O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan o‘zg
19:19
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan o‘zg

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2018 yil 12 sentyabrda qabul qilingan, Senat tomonidan 2018 yil 27 sentyabrda ma’qullangan.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 135-moddasida (Yo‘l harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari bo‘lmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishi):

birinchi qismining sanksiyasidagi (Transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlari, transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazganlik haqidagi, shuningdek transport vositasiga egalik qilish, egasi yo‘qligida undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlari, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisi (ushbu Kodeks 135(1)-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hol bundan mustasno), qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa litsenziya kartochkasi yoki yo‘l varaqasi yonida bo‘lmagan haydovchilarning transport vositalarini boshqarishi, xuddi shuningdek ishonchnomalarni, transport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish va ijaraga berish shartnomalarini belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazmasdan (hisobga qo‘ymasdan) transport vositalarini boshqarishi - eng kam ish haqining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi) «ikkidan bir qismi» degan so‘zlar «bir baravari» degan so‘zlar bilan almashtirildi;

ikkinchi qismining sanksiyasidagi (Transport vositalarini boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxslarning shu vositalarni boshqarishi, xuddi shuningdek boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxsga transport vositalarini boshqarishning topshirilishi - eng kam ish haqining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi) «uch» degan so‘z «besh» degan so‘z bilan almashtirildi;

uchinchi qismining sanksiyasidagi (Transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etilgan shaxslarning bunday vositalarni boshqarishi - eng kam ish haqining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi) «besh» degan so‘z «o‘n» degan so‘z bilan almashtirildi.


Ushbu ma'lumot www.zamin.uz saytidan olindi
Категория: Yurtimiz yangiliklari | Просмотров: 329 | Добавил: ADMIN | Теги: O‘zbekiston Respublikasi prezidenti | Рейтинг: 5.0/7
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Bu oyda ko'p o'qilganlar
Поиск
Календарь
«  Октябрь 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031

Copyright MyCorp © 2020
uCoz