Воскресенье, 27.09.2020, 22:03
Приветствую Вас Гость | RSS

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 93
Статистика

Онлайн всего: 4
Гостей: 4
Пользователей: 0
Главная » 2018 » Ноябрь » 3 » O‘z dafn marosimidan keyin uyiga qaytib kelgan erkak
04:55
O‘z dafn marosimidan keyin uyiga qaytib kelgan erkak

Kanadalik bir oila o‘z qarindoshi deb o‘ylab mashhur pianinochini dafn etgan ekan. Bu xato bir necha oydan so‘ng – o‘ldi deb hisoblangan yigit uyga qaytib kelganidan so‘ng yuzaga chiqdi.

Politsiya surishtiruvidan so‘ng ko‘milgan tana torontolik mashhur pianinochi Skott Kashniga tegishli ekanligi ma’lum bo‘ldi. U avgust oyida bedarak yo‘qolgan edi.

Kashnining do‘stlari va qarindoshlari bu holga labda kulgu bilan qarashdi va uni begona odamlar dafn etishganiga qarshilik bildirishmadi. Marhum Skott Kashnining qaylig‘i Andrea Ridning so‘zlariga ko‘ra, unga o‘tgan hafta politsiyadan qo‘ng‘iroq qilib, yo‘qolgan musiqachi topilganini aytishgan. Bunda gap Toronto shifoxonalaridan birida avgust oyidayoq jon taslim qilgan erkak haqida bormoqda. U ko‘chada hushini yo‘qotib, shifoxonaga olib kelingandi. Biroq davo choralari foyda bermagach, erkak vafot etgan. Kasalxona oilasi bedarak yo‘qolganlar bilan bog‘landi va ulardan biri morgga kelib, jasadni o‘z qarindoshiga o‘xshatdi va bir necha kundan so‘ng uni dafn etishgan. Biroq bir oydan so‘ng o‘ldi deb hisoblangan erkak uyiga qaytib keldi.

Skott Kashnining tanasi hali to‘lig‘icha tasdiqlangani yo‘q, biroq Andrea Ridning ko‘milgan erkak aynan qaylig‘i ekanligiga ishonchi komil. Chunki ko‘milgan erkakning kiyimlari cho‘ntagidan Kashni kvartirasining kaliti chiqqan.


Ushbu ma'lumot www.zamin.uz saytidan olindi
Категория: Qiziqarli ma'lumotlar | Просмотров: 713 | Добавил: ADMIN | Теги: Kanadalik bir oila o‘z qarindoshi d | Рейтинг: 5.0/3
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Bu oyda ko'p o'qilganlar
Поиск
Календарь
«  Ноябрь 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930

Copyright MyCorp © 2020
uCoz