Четверг, 22.08.2019, 21:57
Приветствую Вас Гость | RSS

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 65
Статистика

Онлайн всего: 15
Гостей: 15
Пользователей: 0
Главная » 2017 » Ноябрь » 6 » O‘lim ham mashhurlikka chek qo‘ymadi. Forbes talqinida vafot etgan mashhurlar
20:36
O‘lim ham mashhurlikka chek qo‘ymadi. Forbes talqinida vafot etgan mashhurlar

Ba’zi mashhurlar o‘limlaridan keyin ham avlodlariga million dollarlab foyda keltirishni davom ettirishadi.

2009-yilda dunyodan ko‘z yumgan “Pop musiqasi qiroli” Maykl Jekson Forbes’ning reytingi bo‘yicha o‘limidan keyin ham pul ishlashni davom ettiradigan mashhurlar orasida yetakchilikni qo‘lga kiritdi. O‘tgan yilgi ma’lumotlarga ko‘ra ijrochining merosxo‘rlari taxminan 75 million dollar foyda olishgan. Bu pullarning katta qismi Cirque du Soleil’ning ijro etilishi sabab kelgan.

Ro‘yhatning ikkinchi o‘rnini o‘tgan yili vafot etgan afsonafiy golfchi Arnold Palmer band qildi. Uning qarindoshlari 40 million dollardan ko‘proq pul olishdi. Bu mablag‘lar Arnold hayotlik paytida ishlab chiqarishni qo‘lga kiritgan ichimlikning savdosi huquqidan kelgan. Uchinchi o‘rin esa 2000-yilda dunyodan ko‘z yumgan, Peanuts komikslar muallifi, amerikalik rassom Charlz Shultsga nasib etdi. U yaratgan ijod namunalari uchun 38 million dollar to‘lashgan.

Reyting 2016-yilning 15-oktabridan 2017-yilning 15-oktabrigacha bo‘lgan vaqt davomidagi soliqdan qolgan daromadlarni hisobga oladi. Reytingni tuzishda Nielsen SoundScan, IMDB, Pollstar Pro ma’lumotlari hamda ekspertlarning fikri inobatga olingan.

  1. Maykl Jekson

Daromad: 75 million dollar

Vafot etgan sanasi: 2009-yilning 25-iyuni

Kasbi: musiqachi

  1. Arnold Palmer

Daromad: 40 million dollar

Vafot etgan sanasi: 2016-yilning 25-sentabri

Kasbi: sportchi

  1. Charlz Shults

Daromad: 38 million dollar

Vafot etgan sanasi: 2000-yilning 12-fevrali

Kasbi: karikaturachi-rassom

  1. Elvis Presli

Daromad: 35 million dollar

Vafot etgan sanasi: 1977-yilning 16-avgusti

Kasbi: musiqachi

  1. Bob Marli

Daromad: 23 million dollar

Vafot etgan sanasi: 1981-yilning 11-mayi

Kasbi: musiqachi

  1. Tom Petti

Daromad: 20 million dollar

Vafot etgan sanasi: 2017-yilning 2-oktabri

Kasbi: musiqachi

  1. Shahzoda

Daromad: 18 million dollar

Vafot etgan sanasi: 2016-yilning 21-apreli

Kasbi: musiqachi, aktyor

  1. Doktor Syuz

Daromad: 16 million dollar

Vafot etgan sanasi: 1990-yilning 24-sentabri

Kasbi: yozuvchi

  1. Jon Lennon

 

Daromad: 12 million dollar

Vafot etgan sanasi: 1980-yilning 8-dekabri

Kasbi: musiqachi

  1. Albert Enshteyn

Daromad: 10 million dollar

Vafot etgan sanasi: 1955-yilning 18-apreli

Kasbi: olim


Ushbu ma'lumot www.likeit.uz saytidan olindi
Категория: Qiziqarli ma'lumotlar | Просмотров: 645 | Добавил: ADMIN | Теги: eng qiziqarlia, mashxur insonlar xaqida malumot, kerakli malumotlar, qiziqarli malumotlar, qiziqarli fakitlar | Рейтинг: 5.0/6
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Ноябрь 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930

Copyright MyCorp © 2019
uCoz