Четверг, 22.08.2019, 21:53
Приветствую Вас Гость | RSS

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 65
Статистика

Онлайн всего: 23
Гостей: 23
Пользователей: 0
Главная » 2017 » Октябрь » 30 » Nokia 9: ramkalar va quloqchin uchun port ham bo‘lmaydi
04:09
Nokia 9: ramkalar va quloqchin uchun port ham bo‘lmaydi

HMD bu yili yana bir flagman ishlab chiqarmaydi. Agar siz Nokia 9’ni ko‘rmoqchi bo‘lsangiz kelasi yilgacha kutishingiz kerak. 2018-yilning yanvarida finland kompaniyasi kamida 3 ta smartfonni: Nokia 2, 7 va 9’ni taqdim etmoqchi. Yaqinda tarmoqlarda ularning yangi suratlari hamda Nokia 9’ning videosi tarqaldi.

Nokia 2’ning rasmlari internetda o‘tgan oyda paydo bo‘lgandi, bundan tashqari insayderlar Nokia 9 renderlarini ham namoyish etishgandi. Endi esa ishonchli manbadan ham ma’lumotlar ko‘rsatildi: OnLeaks insayderi HMD’ning kelgusi flagmanini rasmlarini ko‘rsatdi:

Yangi suratlar sanoat chizmalariga asoslanadi, ya’ni ular 100 foiz aniq degani emas. Lekin renderlarda quloqchinlar uchun teshik yo‘qligini payqash qiyin emas. Nokia 9 3,5-millimetrlik audioteshik va USB Type-C bilan ta’minlangan. Qolgan batafsil ma’lumotlar videoda o‘z aksini topadi:

Bundan tashqari, xabarlarga qaraganda Nokia 9 Quad HD va orqa panelda sensorli barmoq izi datchiki bor 5,5-dyumli displeyga ham ega bo‘lishi kutilmoqda. HMD flagmani ingichka ramkalari va orqa tomondagi ikkitalik kamerasi bilan ham maqtana oladi.

Smartfonning o‘lchami 140, 9×72, 9×7,5 millimetr bo‘lib, kamera qalinligini 8,9 millimetrgacha oshira oldi. Qurilma Android Oreo’da ishlashi tabiiy, lekin hozircha uning ichiga qanday komponentalar o‘rnatilishi ma’lum emas.

Narxi

Nokia 9’ning narxi 749 yevro bo‘lishi kutilyapti. Hozircha uning bozorga chiqish muddati ma’lum emas.


Ushbu ma'lumot www.likeit.uz saytidan olindi
Категория: Mobil telefonlar olami | Просмотров: 484 | Добавил: ADMIN | Теги: smartifonlar, so'ngi urfdagi telefonlar, nokia telefonlari, samsung telefonlari, andiroidlar, eng so'ngi mobil telefonlar | Рейтинг: 5.0/4
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Октябрь 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031

Copyright MyCorp © 2019
uCoz