Четверг, 22.08.2019, 21:41
Приветствую Вас Гость | RSS

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 65
Статистика

Онлайн всего: 10
Гостей: 10
Пользователей: 0
Главная » 2017 » Ноябрь » 29 » Nima uchun makiyaj bilan uxlash mumkin emas?
17:12
Nima uchun makiyaj bilan uxlash mumkin emas?

Makiyaj bilan uxlash yaxshi g‘oya emasligini tushunish uchun dermatolog bo‘lish shart emas. Lekin siz o‘zingizni ishontirasiz: bir martagina shunday uxlasam hech narsa bo‘lmaydi. Aslida siz o‘zingizga o‘ylaganingizdan ko‘ra ko‘proq zarar yetkazasiz.

Teri hujayralariga putur yetkazasiz

Juda murakkab parvarish talab qilinmaydi — faqat makiyajni ketkizish, eski hujayralarni olib tashlash va balansni to‘g‘rilash uchun terini namlashingiz kerak bo‘ladi, aks holda teri hujayralari shikastlanadi.

Akne paydo bo‘ladi

Makiyaj tufayli terida yig‘ilib qolgan bakteriyalar, chang va yog‘lar ta’sirida husnbuzarlar paydo bo‘ladi. Hatto teringiz husnbuzar paydo bo‘lishiga moyil bo‘lmasa ham, siz qancha tez-tez yuvinmasdan uxlasangiz, kelgusida bunday muammolarning paydo bo‘lish ehtimoli shuncha ko‘proq bo‘ladi.

Ko‘pchilik meykap-mahsulotlar tarkibida teshikchalarni yopib qo‘yuvchi silikon mavjud. Teshikchalar yopilsa, teri notekis bo‘lib qoladi, natijada yallig‘lanish hosil bo‘ladi.

Tiklanish jarayoniga xalal berasiz

Siz uxlayotganingizda tana qaytadan tiklanadi. Bu teriga ham tegishli. Yuvilmagan makiyaj bu jarayonni buzadi. Agar sizning teringiz nafas olmasa — u qayta tiklanmaydi.

Teshikchalardagi yog‘lar to‘planib qoladi va ular albatta muammo tug‘diruvchi bakteriyalarga aylanadi. Bir kecha makiyajda uxlashdan keyin yana avvalgi holatni tiklash uchun bir hafta vaqt kerak bo‘ladi.

Teri xira tortib qoladi

Nur yog‘ilib turadigan chiroyli va silliq teri — hamma qizlarning orzusi. Yuzingiz terisi bunday bo‘lishi uchun siz xaylayterdan foydalanishingiz mumkin, lekin uni uxlashdan oldin yuvib tashlashni unutmang, aks holda mutlaqo teskari natijaga ega bo‘lasiz.

Teri — tanadagi hayotiy muhim vazifalarni bajaruvchi eng katta a’zo hisoblanadi: lipidlar yaralarni tuzatadi va haroratni tartibga solib turadi. Agar lipid qatlamining butunligi buzilsa, teri tez suvsizlanadi va xira tortib qoladi.


Ushbu ma'lumot www.daryo.uz saytidan olindi
Категория: Go'zallik sirlari | Просмотров: 450 | Добавил: ADMIN | Теги: makiyaj, makiyaj qilish, makiyaj xaqida malumotlar, makiyaj qilishni o'rganish, go'zallik sirlar, gozallik sirlari | Рейтинг: 5.0/6
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Ноябрь 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930

Copyright MyCorp © 2019
uCoz