Вторник, 29.09.2020, 13:19
Приветствую Вас Гость | RSS

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 93
Статистика

Онлайн всего: 8
Гостей: 7
Пользователей: 1
andypw1
Главная » 2018 » Сентябрь » 10 » My5 kanalida yangi serial: autizmga chalingan “G'aroyib doktor”!
20:31
My5 kanalida yangi serial: autizmga chalingan “G'aroyib doktor”!
2018 yil 17 sentabrdan boshlab “G'aroyib doktor” teleseriali soat 19:10 da “Mening yurtim” telekanalida o'zbek tilida namoyish etila boshlanadi.

Teletomoshabinlarga yaxshi tanish bo'lgan Doktor Xaus haqida suratga olingan “Xaus” seriali ijodkorlari tomonidan yaratilgan (Xoroshiy doktor / The Good Doctor) “G'aroyib doktor” teleseriali jahon kino auditoriyasida katta qiziqish uyg'otdi.

Ushbu serial global qidiruv tarmoqlarida 98% ovoz bilan eng ko'p qidiruvga berilgan bo'lib, autizm kasalligiga chalingan g'ayritabiiy iqtidorga ega Shon Myorfi haqida hikoya qiladi. Shon Myorfining bolaligi og'ir o'tishga qaramasdan u o'zidagi noyob qobiliyatni yuzaga chiqara oldi. Unda autizmdan tashqari savanta sindromi ham bo'lib, bu holat unga qarshi nufuzli shifokorlarning noroziligiga sabab bo'ladi. Shunday bo'lishiga qaramasdan u o'ta kuchli xotirasi va iste`dodi bilan meditsina sohasida kutilmagan muvafaqqiyatlarga erishadi.


Yosh bo'lishiga qaramasdan San-Xose shahridagi mashhur San-Bonaventura kasalxonasining jarrohlik bo'limiga ishga olinadi. Bu yosh jarrohga hamkasblari o'zlarining an`anaviy bilim va tajribalari bilan qarshi bo'lsalar-da Shon o'zining noan`anaviy usullari bilan barchani lol qoldiradi.

Serial ijodkorlariga to'xtaladigan bo'lsak, ssenariy muallifi- Devid Shor, rejissyorlar- Mayk Listo, Set Gordon, Larri Teng va Maykl Patrik, rollarni- Freddi Xaymor, Antoniya Tomas, Nikolas Gonsales, Chuku Modu, Bo Garret, Xill Xarper va boshqalar ijro etishgan.

Serialning bosh qahramoni Shon Myorfi rolida Freddi Xaymor suratga tushgan.
Ushbu ma'lumot www.kun.uz saytidan olindi
Категория: Shou biznes yangiliklari | Просмотров: 712 | Добавил: BEST_ADMIN | Рейтинг: 5.0/8
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Bu oyda ko'p o'qilganlar
Поиск
Календарь
«  Сентябрь 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930

Copyright MyCorp © 2020
uCoz