Четверг, 22.08.2019, 21:03
Приветствую Вас Гость | RSS

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 65
Статистика

Онлайн всего: 29
Гостей: 29
Пользователей: 0
Главная » 2017 » Ноябрь » 4 » Muzqaymoq foydalimi yoki…
16:09
Muzqaymoq foydalimi yoki…

Muzqaymoqni xush ko‘rmaydigan bolaning o‘zi bo‘lmasa kerak. Ba'zi ota-onalar bolalari shamollab qolmasligi va tishlari og‘rimasligi uchun muzqaymoq bermaydilar. Muzqaymoqni ayollar ham qomatlari buzilishidan qo‘rqib kam iste'mol qiladilar. Ammo vrachlarning ta'kidlashlaricha, muzqaymoqning zararli ekanligi uydirma ekan. Muzqaymoq tomoqqa va tishlarga zarar etkazmaydi.

Muzqaymoq sog‘lom odam uchun foydali

Keksayu yosh birdek muzqaymoqni xush ko‘rishlari bejiz emas. Chunki, muzqaymoq tayyorlash uchun ishlatiladigan sut mahsulotlari tarkibida asab tizimini tinchlantiruvchi, kayfiyatni ko‘taruvchi va uyqusizlikka barham beruvchi tabiiy trankvilizatorsimon moddalar mavjudligi aniqlangan.

Siz muzqaymoqni tonnalab esangizgina semirib ketasiz. Bundan tashqari, parhezdagilar va semirishdan aziyat chekayotganlar uchun muzqaymoq taqiqlangan emas. Asosiysi uni muqobillashtirilgan ozuqangizning bir qismiga aylantirish kifoya. Masalan, muzqaymoq egingiz kelsa, bugungi qatiqdan voz keching. Muzqaymoq esa foydali, juda! Unda to‘liq oqsillar, suyagimiz uchun kerakli kaltsiy, muskul va to‘qimalarimiz uchun zarur fosfor, ko‘plab vitaminlar, jumladan, infektsiyalar bilan kurashda immunitet oshiruvchi A vitamin bor.

Shunday muzqaymoqlar borki, ularning tarkibida yog‘ umuman yo‘q. Qolaversa, har bir muzqaymoq o‘ramida uning tarkibi va kaloriyalari ko‘rsatilishi shart. Bu albatta, parhez nazoratini engillashtiradi.

Tan olish kerak, hamma ishlab chiqaruvchilar ham muzqaymoq sifati haqida qayg‘uravermaydilar. Ko‘pincha uglevodlar ortiqcha bo‘ladi (vanil va shakar hisobiga), margarin ham qo‘shishlari mumkin (yuqoriroq haroratda muzqaymoq shaklini yo‘qotmasligi uchun) va boshqalar. Aynan shular semirishga sabab bo‘ladi. Demak, shirinlik ko‘p qo‘shilgan muzqaymoqni haddan ortiq emasangiz, hech qanday semirishga olib kelmaydi.

“Eng mazzali va sifatli mahsulot sutdan emas qaymoqdan qilinadi…”

Mazasidan muzqaymoq sutdan yoki qaymoqdan qilinganini ajratib bo‘lmaydi. Aynan sut har qanday muzqaymoqning asosi hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchining vazifasi kerakli yog‘lilikdagi mahsulotni tayyorlash. Masalan, plombir 12-15% yog‘likka ega bo‘lishi kerak. Bunga erishish uchun turli yog‘ manbalari – qaymoq, sariyog‘, suvsizlantirilgan sut yog‘idan foydalanadilar. Sifatli muzqaymoq – standart talablariga javob beradigan muzqaymoq sanaladi. Masalan, “Sutli muzqaymoq, plombir, qaymoqli. Umumiy texnik shartlari”da yozilishicha, bu turdagi muzqaymoqlarda o‘simlik yog‘i bo‘lishi mumkin emas.

Demak, muzqaymoq tayyorlash texnologiyasiga amal qilinsa, bas.

“Diabetiklarning eyishi ta'qiqlangan”

Bugungi kunda muzqaymoq tayyorlovchilar diabetiklarni ham unutmayaptilar. Yog‘liligi va shiraliligi turlicha mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Diabetiklar uchun muzqaymoqlarga qo‘yilgan shartlar DSTlarda ham ko‘rsatilgan. U erda bunday muzqaymoqlarga maxsus belgi qo‘yilishi talab qilingan, uning tarkibida shakar bo‘lmasligi kerak. 2-3 oy saqlash mumkin. Ammo rostini aytganda, yurtimiz do‘konlaridan bunday muzqaymoqlarni topish qiyinroq.

“Muzqaymoq shirin bo‘lishi kerak…”

Dunyoda allaqachon sarimsoq, go‘sht va hatto sakkizoyoq siyohi ta'mli muzqaymoqlar sotilmoqda. Biz muzqaymoq shirin deseertligiga ko‘nikib qolgan bo‘lsak-da, uning sifatiga u qadar e'tibor bermaymiz. Bu esa sifatsiz muzqaymoqlar ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda. Aslida ishlab chiqaruvchi o‘z mahsulotini “O‘zdavstandart”da tasdiqlatib, hujjatlarda sifat standartlari ko‘rsatilsa, bu mahsulot haqiqiy muzqaymoq hisoblanadi.

“Uch yoshgacha bo‘lgan bolalar eyishi mumkin emas…”

Agar bolangiz siz bergan har qanday ovqatni engil hazm qilsa, bunda hech qanday muammo yo‘q. Ammo bir tomoni bor: 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar immuniteti juda kuch bilan ishlaydi va sovuq unga zarar keltirishi mumkin. Shuning uchun bolalarga erigan muzqaymoq berish maqsadga muvofiq. Unga murabbo yoki shunga o‘xshash biror narsa qo‘shib berilsa, yanada yaxshi. Albatta, bu gaplarning hammasi tabiiy muzqaymoqqa taalluqli.

Bugungi kunda do‘konlarda ko‘plab klassik hech qanday meva qo‘shilmagan sutli, qaymoqli, plombir muzqaymoqlar tavsiya etilmoqda. E-ingridientisiz muzqaymoqlar ham bor. Uni kattalar ham bolalar ham birday qo‘rqmasdan iste'mol qilishi mumkin.

“Muzqaymoq kareisga olib keladi…”

Ko‘pincha muzqaymoq eganlarida yoqimsiz his tuyadiganlar shunday o‘ylashadi. Aslida bu odamning tishlarida muammo borligini ko‘rsatadi. Muzqaymoq boshqa muammo keltirib chiqarishi mumkin – agar issiq ovqat, choy yoki kofedan keyin darhol muzqaymoq eyilsa, tish emalida darzlar paydo bo‘ladi. Muzqaymoq karies keltirib chiqarish ehtimoli esa, juda kam, chunki u darhol yutiladi, og‘izda ko‘p turmaydi. Bu jihatdan konfetlar zararliroq, ular uzoq so‘riladi va tishlarga yopishadi va kariesga olib kelishi mumkin.

Xulosa

Hamma narsada me'yorga rioya qilish kerak. Ba'zi bir qoidalarga rioya qilgan holda issiq kunda jonimizga oro kiradigan bu shirinlikdan o‘zingizni va farzandlaringizni mahrum etmang-da uni me'yor bilan iste'mol qilib boring.


Ushbu ma'lumot www.mulohaza.uz saytidan olindi
Категория: Qiziqarli ma'lumotlar | Просмотров: 644 | Добавил: ADMIN | Теги: muzqaymoq, salomatlik sirlari, nuzqaymoq foydasi, muzqaymoq zarari, muzqaymoq istemol qilish | Рейтинг: 5.0/8
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Ноябрь 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930

Copyright MyCorp © 2019
uCoz