Суббота, 05.12.2020, 20:48
Приветствую Вас Гость | RSS

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 94
Статистика

Онлайн всего: 22
Гостей: 20
Пользователей: 2
andypw1, rimmfuss
Главная » 2018 » Ноябрь » 4 » Misr ehromlarining qurilish siri aniqlandi
19:50
Misr ehromlarining qurilish siri aniqlandi

Arxeologlar tomonidan qadimgi misrliklar ganch(alebastr) qazib olgan Xatnub ochiq konidan ko‘p tonnali tosh bloklarini ko‘tarishda qo‘llanilgan nishab yo‘lka(pandus) izlari topildi.

Uning yoshi 4500 yilga teng deyilmoqda. Olimlarning aytishicha, bunday tizimlar ohaktoshdan piramidalarni barpo etishda ham qo‘llanilgan, deb yozadi "Xalq so‘zi" nashri.

Ganch haykallar, idishlar, tosh tobutlar tayyorlash, shuningdek, ibodatxona devorlari va pollarini qoplashda ishlatilgan. Uni Misrning Luksor shahridan shimolda joylashgan Xatnub konidan olishgan.

Garchi misrliklar o‘ta og‘ir ganch toshlarni joydan joyga qanday qilib ko‘chirishgani shu paytgacha fanga aniq ma’lum bo‘lmasa-da, buning uchun qo‘shimcha muhandislik moslamalariga ega nishab yo‘lka(panduslar)dan foydalanilgan deb hisoblab kelinardi.

Endi bu narsaning siri ham olimlarga ayon bo‘ldi. Gap shundaki, Xatnubda bloklarni ko‘tarish tizimi markaziy pandusdan tashkil topgan. Uning ikki tomonida zinapoya yasalgan. Qoyada o‘yilgan yoriqqa esa mustahkam yog‘och ustunlar qo‘yilgan.

Bloklar yog‘och chenalarga ortilgan. Misrliklar ustunlar va arqonlar yordamida toshlarni tortib chiqargan. Bunday usuldan boshqa konlarda ham foydalanilgan.


Ushbu ma'lumot www.zamin.uz saytidan olindi
Категория: Qiziqarli ma'lumotlar | Просмотров: 600 | Добавил: ADMIN | Теги: Arxeologlar tomonidan qadimgi misrl | Рейтинг: 5.0/6
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Bu oyda ko'p o'qilganlar
Поиск
Календарь
«  Ноябрь 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930

Copyright MyCorp © 2020
uCoz