Понедельник, 28.09.2020, 00:53
Приветствую Вас Гость | RSS

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 93
Статистика

Онлайн всего: 7
Гостей: 5
Пользователей: 2
glennsf69, ladonnapv1
Главная » 2018 » Октябрь » 31 » “Million” konsertida Zoyir Mirzayev bilan bog‘liq Oqqo‘rg‘on voqeasiga to‘xtalib o‘tdi
20:40
“Million” konsertida Zoyir Mirzayev bilan bog‘liq Oqqo‘rg‘on voqeasiga to‘xtalib o‘tdi

Shu kunlarda “Istiqlol” san’at saroyida “Million” jamoasining navbatdagi konsert dasturi bo‘lib o‘tmoqda. 22 oktyabr kuni boshlangan konsertga 31 oktyabr kuni yakun yasaladi.

Ijtimoiy mavzularga qo‘l urishdan, korrupsiya, jamiyat va davlat idoralaridagi xato va kamchiliklarni hazil yo‘li bilan tanqid qilib chiqishga odatlangan “Million”chilarning bu galgi konsertida hokimlar va ayrim mansabdorlar nishonga olindi.

Toshkent shahridagi uylar va binolar “qirg‘ini”, odamlarning yashash joylari yarim kechasi buzib tashlanayotgani jamoa e’tibor markazida bo‘ldi. Hazillardan birida aytilishicha, 15 yillab qurilgan uylar, uch soatga bormay buzib tashlanyapti.

Qolaversa, hokimlar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklar, odamlarning dardiga quloq solmaslik, ularning fikri bilan qiziqmaslik kabi illatlar ham konsertda tanqidga olingan. Kechagina asfaltlangan ko‘chalarning bugun quvur yorilgani uchun qayta kavlanishi, yo‘llarga o‘rnatilgan to‘siqlar sababsiz olib tashlanishi, ko‘p o‘tmay yana to‘sib qo‘yilishi kabi tushunarsiz va doimiy savollarga sabab bo‘lib keladigan holatlar “Million”ning chiqishlaridan ham chetda qolmagan.


Ushbu ma'lumot www.zamin.uz saytidan olindi
Категория: Shou biznes yangiliklari | Просмотров: 461 | Добавил: ADMIN | Теги: Shu kunlarda “Istiqlol” san’at saro | Рейтинг: 5.0/7
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Bu oyda ko'p o'qilganlar
Поиск
Календарь
«  Октябрь 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031

Copyright MyCorp © 2020
uCoz