Понедельник, 21.09.2020, 18:04
Приветствую Вас Гость | RSS

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 93
Статистика

Онлайн всего: 11
Гостей: 9
Пользователей: 2
Hengleyreola, ErnestoZeloheiff
Главная » 2018 » Ноябрь » 19 » Kutilgan qaror: Olimlar kilogrammga o‘zgartirish kiritdi
05:23
Kutilgan qaror: Olimlar kilogrammga o‘zgartirish kiritdi

Oldinroq keng qo‘llanadigan asosiy o‘lchov birliklaridan biri – kilogrammni aniqlash prinsiplariga o‘zgartirish kiritilishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi. Parijda bo‘lib o‘tayotgan o‘lchovlar va vaznlar bo‘yicha 26-konferensiya ishtirokchilari tarixiy qarorga kelib, Xalqaro birliklar tizimining (SI) yetti asosiy o‘lchov birligidan to‘rttasiga o‘zgartirish kiritdi.

Bu to‘rt o‘lchov birligining kundalik hayotda eng keng qo‘llanadigani, albatta, kilogrammdir. Endilikda uni belgilash prinsiplari Sevrdagi Xalqaro o‘lchovlar va vaznlar palatasida saqlanuvchi etalonning massasiga emas, Plank doimiysiga bog‘liq bo‘ladi. Versalda o‘tayotgan konferensiyaga 57 davlatdan tashrif buyurgan olimlar ushbu qarorni ko‘pchilik ovoz bilan ma’qulladi.

Bundan tashqari, amper, kelvin va molga ham tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.

SI uchun kiritilayotgan ushbu o‘zgarishlar 2019 yil mart oyidan kuchga kiradi.


Ushbu ma'lumot www.zamin.uz saytidan olindi
Категория: Qiziqarli ma'lumotlar | Просмотров: 624 | Добавил: ADMIN | Теги: Oldinroq keng qo‘llanadigan asosiy | Рейтинг: 5.0/9
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Bu oyda ko'p o'qilganlar
Поиск
Календарь
«  Ноябрь 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930

Copyright MyCorp © 2020
uCoz