Понедельник, 06.07.2020, 23:01
Приветствую Вас Гость | RSS

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 90
Статистика

Онлайн всего: 7
Гостей: 7
Пользователей: 0
Главная » 2018 » Ноябрь » 3 » Kunduzgi uyqu hayot uchun xavfli deb topildi
04:52
Kunduzgi uyqu hayot uchun xavfli deb topildi

Qarish muammolari bo'yicha Milliy institut va Jon Xopkins Universiteti (AQSh) olimlari tungi uyquning kam miqdori va Altsgeymer - hayot sifatining jiddiy yomonlashuvi hamda erta o'limga olib keluvchi davolanmaydigan kasallik o'rtasida bog'liqlik borligini aniqladilar. Bu haqda EurekAlert!’dagi matbuot xabarnomasida aytiladi.

Mutaxassislar 1958 yildan boshlab uch mingdan ziyod kishi qatnashgan Baltimore Longitudinal Study of Aging uzoq muddatli tadqiqot davomida olingan ma`lumotlarni tahlil qildilar. 1991-2000 yillar davrida ko'ngillilar o'rtasida so'rov o'tkazildi, uning davomida ularga uyqu sifati va kunduzgi uyquga oid qator savollar berildi. Sinovda ishtirok etganlar guruhi Altsgeymer kasalligining belgisi bo'lgan beta-amiloid birikmalar identifikatsiyasi uchun Pittsburgh B (PiB) kimyoviy birikmasidan foydalanib, pozitron-emission tomografiyasidan o'tkazildi.

Tadqiqotchilar so'rovdan o'tgan, 16 yildan so'ng esa - PiB tomografiyasidan o'tkazilgan 123 nafar ko'ngillini aniqlashdi. Ma`lum bo'lishicha, kunduzgi vaqtda mudragan, uyqusi kelgan kishilarda amiloid birikmalarni to'plash xavfi boshqa ishtirokchilarga qaraganda deyarli uch baravar ko'p bo'lgan.

Olimlarning fikriga ko'ra, bunday natijalar kunduzgi mudrash, surunkali shaklda beta-amiloidlarning hozircha noma`lum bo'lgan mexanizm orqali shakllanishiga olib keluvchi yomon tungi uyqu natijasi sanaladi. Biroq, tadqiqotchilar birikmalarning o'zi uyqusizlikni chaqirishi mumkin ekanini hozircha istisno eta olmayaptilar.


Ushbu ma'lumot www.yoshlar.com saytidan olindi
Категория: Foydali maslahatlar | Просмотров: 597 | Добавил: ADMIN | Теги: Mutaxassislar 1958 yildan boshlab u | Рейтинг: 5.0/6
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Bu oyda ko'p o'qilganlar
Поиск
Календарь
«  Ноябрь 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930

Copyright MyCorp © 2020
uCoz