Четверг, 22.08.2019, 21:05
Приветствую Вас Гость | RSS

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 65
Статистика

Онлайн всего: 25
Гостей: 25
Пользователей: 0
Главная » 2017 » Ноябрь » 14 » Ko‘z atrofi terisini qanday parvarish qilishga oid tavsiyalar
04:29
Ko‘z atrofi terisini qanday parvarish qilishga oid tavsiyalar

Ko‘z atrofi terisi juda yupqa va nozik bo‘ladi, buning ustiga unda deyarli yog‘ bezlari yo‘q. Shuning uchun u tezroq ishdan chiqadi. Ko‘z atrofi terisini qanday qilib to‘g‘ri parvarishlash kerak?

Ko‘z atrofi sohasini to‘g‘ri tozalang. Birinchi navbatda bu sohani har kuni ertalab va kechqurun makiyajdan, changlardan tozalash lozim. Buning uchun tarkibida spirt bo‘lmagan tozalovchi losьon, tonik va boshqa vositalardan foydalaning. Ko‘z atrofi terisini tozalash jarayoni nozik terini cho‘zib yubormaslik va uni shikastlamaslik uchun juda ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi kerak.

Ko‘z atrofi terisini namlang. Har kuni ko‘z atrofi sohasi uchun kunduzgi namlovchi kremlardan foydalaning. Ko‘z atrofi terisini namlash uchun tabiiy yog‘lar juda mos keladi, chunki ular yumshatuvchi ta’sir ko‘rsatadi. Kechqurun ko‘zingiz atrofiga bodom yog‘i suring va uni yengil uqalang. Yog‘ terini oziqlantiradi va uning namliroq bo‘lishini ta’minlaydi.

Ko‘z atrofi sohasini uqalang. Bir kunda bir marta 5 daqiqa ko‘z atrofi sohasini uqalashni tavsiya qilamiz. U qon aylanishini yaxshilashga, mayda ajinlarni tekislashga yordam beradi, charchoqni ketkazadi.

Ichayotgan suvingizning miqdoriga e’tibor bering. Organizmda suv balansining yetishmasligi birinchi navbatda yuz terisida namoyon bo‘ladi. Bir kunda 2 litrdan kam bo‘lmagan miqdorda suv iching – bu nafaqat erta qarishning, balki shishlarning ham oldini oladi. Ko‘z taglaridagi shishlar organizmning umumiy suvsizlanishi natijasida paydo bo‘ladi.


Ushbu ma'lumot www.ayol.uz saytidan olindi
Категория: Go'zallik sirlari | Просмотров: 395 | Добавил: ADMIN | Теги: makiyaj, ko'z atrofi, go'zallik, kosmetalogiya, go'zal bo'lish, chiroyli ko'rinish, yuz terisini parvarishlash | Рейтинг: 5.0/4
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Ноябрь 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930

Copyright MyCorp © 2019
uCoz