Четверг, 22.08.2019, 21:46
Приветствую Вас Гость | RSS

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 65
Статистика

Онлайн всего: 16
Гостей: 16
Пользователей: 0
Главная » 2017 » Июнь » 9 » Juda juda qiziqarli malumotlar (Faktlar)
15:20
Juda juda qiziqarli malumotlar (Faktlar)

                          Atrofimizdagi narsalar to‘g‘risida qiziqarli ma’lumotlar

AQShning ilk milliy bayrog‘i va «Levi’s» birinchi djins shimlari nasha o‘simligidan qilingan.
Har uchinchi amerikaliklar oilasida Scrabble o‘yini bor.
Oyoq kiyim razmerlari 1792 yilda Djeyms Smit tomonidan o‘ylab topilgan.
Bir dona yaxshi sharikli ruchka yordamida taxminan 50 000 ta so‘z yozish mumkin.
Napoleonning suv ichish piyolalaridan biri, mashhur italiyalik avantyurist Kaliostro bosh suyagidan yasalgan.
1890 yilda Yaponiyadan Rossiyaga donishmand Fukurimi shaklchalari olib kirilgan. Hozirda bunday shaklchalarni biz matryoshka deb ataymiz.
Qadimgi Xitoyda ota-onalar uchun eng yaxshi sovg‘a tobut hisoblangan.
Tualet qog‘ozi nyu-yorklik Djozef Gayyotti tomonidan 1857 yilda kashf qilingan.
«Rolls-Roys» bamperidagi haykalchaning narhi 5000 dollarni tashkil qiladi.
Dastlabki sharikli ruchkalar savdoga 1945 yilda chiqarildi. Har birining narhi 12 dollar bo‘lgan.
Amerikalik Djon Uintrop ilk marotaba obed stolida vilkadan foydalangan. Bu voqea 1630 yil 23 iyunda sodir bo‘lgan.
Rojdestvoga birinchi tabrik otkritkalari Angliyada 1842 yil 9 dekabrda paydo bo‘lgan.
Shtopor M.L. Brayn tomonidan 1860 yilda ixtiro qilingan.
Rossiyada zarb qilingan tangalarning eng kichik qiymati – 1/8 tangaga teng edi.
Hindistondagi o‘yin kartalari – dumaloq
.
Qadimda Rusda sarafan erkaklar kiyimi hisoblangan.
Dastlabki galsutklar Xorvatiyada paydo bo‘lgan. Aynan shuning uchun ham, ingliz tilida galstuk so‘zi – cravat (Xorvatiya – Croatia) bo‘lsa kerak.
Sovuqda kum soatlari issiq muhitdagiga nisbatan, tezroq yurar ekan.
17 asrda termometrlarda simob o‘rniga Brendi ishlatilgan.
_________________________________________________________
                          Ko‘zoynaklar haqida qiziq faktlar
                                      
1. Uzoqni ko‘ra olmaslik ayollarda erkaklarga nisbatan ikki martda ko‘proq uchraydi.
2. Ko‘zoynak judayam qadimiy ixtiro xisoblanadi – Neron Rim imerator o‘z vaqtida gladiatorlar jangini shlifovka qilingan zumrad yordamida ko‘rgan. Bizga tanish bo‘lgan ko‘zoynaklar arab mamlakatlarida 10 asrda paydo bo‘lgan.
3. Qadimgi eskimoslar quyoshdan ximoya qiluvchi ko‘zoynak sifatida suklyar bo‘lagi yoki kovakli yog‘och bo‘laklarini ishlatishgan.
4. Qora reza mevalar – chernika, maymunjon ko‘rish qobiliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
5. Kontakt linzalar Leonardo da Vinchi tomonidan o‘ylab topilgan, ular shishadan ishlangan.
6. To‘q ko‘k rang ko‘zlarimizga ijobiy ta’sir qiladi. Ekspertlar kuniga 15 daqiqa davomida ushbu ranga qarashni tavsiya qiladilar.
7. Vitamin S iste’mol qilish ko‘z kasalliklarini oldini oladi, masalan katarakta kasalligini oldini oladi.
8. Dunyoda ko‘zoynaklar ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi davlat Italiya xisoblanadi, ikkinchi o‘rinda Xitoy turadi.
9. Bizning ko‘zlarimiz suratlarni o‘girilgan xolatda ko‘radi va miya uni biz o‘rgangan va qabul qiladigan holga aylantiradi.
10. Chaqaloqlar yig‘laganda ularning ko‘zlari ho‘llanmaydi, chunki chaqaloqlar ko‘z yosh bezlari xali rivojlanmagan bo‘ladi.
11. XV asrda optik moslamalar deyarli mavjud bo‘lmagan, ammo o‘sha vaqtda ham Ovropa yo‘llarida ko‘zoynak taqib ketayotgan odamlarni uchratish mumkin edi, – "yo‘l ko‘zoynaklari” quyoshdan va changdan ximoya qilgan. Lyudovik XV o‘ziga bag‘ishlangan maqtov panegirikni eshitib, aynan muallifning ko‘zoynaklari qirol xizmatlarini oshiradi deb aytgan. Psixologlar fikricha ko‘zoynaklar taqishni boshlagan inson nafaqat ko‘rinishi balkim ruxan ham o‘zgarar ekan. Ko‘zoynaklar yordamida yana nima qilish mumkin?
12. Ko‘zoynak yo‘qolishining sababiga aylanishi mumkin, shuningdek rejalashtirilmagan xarajatlarga olib kelishi mumkin. Gamburg xayvonot bog‘i raxbariyati doimiy tarzda mexmonlarga maymunlar og‘irlagan buyumlar uchun kompensatsiya to‘laydi. Odatda maymunlar mexmonlar "extiyot bo‘ling ko‘zoynakingizdan ayrilishingiz mumkin” degan yozuvni o‘qish maqsadida qafas oldiga kelishganda o‘g‘rilikka qo‘l urishadi.
13. Daniya qushfabrikalarida xo‘rozlarga plastik ko‘zoynak taqib qo‘yishadi, shunda ularda uzoqni ko‘rish qobiliyati susayadi va boshqa xo‘rozlar bilan deyarli yurishmay qo‘yishadi.
14. Ko‘zoynak yordamida tarixda iz qoldirish mumkin. Kino yulduzlari oyoq izlarini qoldiradigan Gollivudning mashxur alleyasida yana bir mashxur iz mavjud. 1927 yilda u yerda mashxur qiziqchi Garold Lloydning ko‘zoknay tamg‘asi qoldirilgan.
15. Bir vaqtlar bir necha sovet fizik – teoriklari sovet shaxarlaridan birida bo‘lib o‘tayotgan simpoziumda ishtirok eta turib, uzoq vaqt baxslashishgan va xattoki kechki ovqatga ham kech qolishgan. Uzoq vaqt oshxona eshigini taqillatishgandan so‘ng, ularga bir bo‘lak non va bir tarelka shovul sho‘rva solib berishgan. Olimlar nomerga kelishganda qoshiq esdan chiqqanligini payqashgan, ammo ikkinchi martda oshxona eshikalarini ochish qiyin bo‘lishini inobatga olib, fizik "ixtiro” qilishgan, sho‘rvani o‘z ko‘zoynaklari yordamida paqqos tushirishgan.
16. IQ ko‘rish orqali ko‘tarish. Psixologlar fikricha ko‘zoynak taqqan inson haqidagi fikrlar uning IQ darajasini 15 punktga ko‘tarar ekan.
17. Qadimgi Xitoyda xakamlar ularning fikrlarini o‘qib olmasliklari uchun ko‘zoynak taqib o‘tirishgan.
18. Ko‘zoynak nafaqat tasvirni to‘g‘irlashi, ko‘z tagidagi ko‘kargan joylarni berkitib turishi, balki ko‘zoknak oldiga hozirda kattaligi 7 mmli bo‘lgan shpionlar kamerasini joylashtirish mumkin.
19. Ko‘zoynaklarga o‘rnatilgan maxsus moslama mashinistlar ish vaqtida uxlab qolmasligiga yordam beradi.
20. 1950 yillar boshida Xitoyga yuborilgan sovet xarbiylari ko‘shinlarni kechki amaliyatlari kunduzi o‘tkazilayotganligini ko‘rib xayron bo‘lishgan. Maxalliy raxbariyat bu holatni komandirlar nima bo‘loyotganini kuzatishlari kerakligi uchun shunday qaror kelingan deb tushintirishgan. Ammo o‘rganishlar bir narsa bilan farqlanardilar –sharoitlarni reallik yaqinlashtirish maqsadida qora ko‘zoynaklar ishlatishgan.
21. Rio – de – Janeyroda jinoyatchilar bilan kurashish maqsadida qariya aholi yordamida yangi dastur tadbiq qilish boshlandi. Dastur davomida ishtirokchilarga binokl va kuchliylashtirilgan ko‘zoynaklar berishadi. Ayrim qariya onaxonlar bir necha jinoyatlarni ko‘rib qolishdi.


Ushbu ma'lumot www.www.ziyo-music.com saytidan olindi
Категория: Qiziqarli ma'lumotlar | Просмотров: 671 | Добавил: ADMIN | Теги: antiqa malumotlar, eng qiziqarli malumotlar, kerakli malumotlar, faktlar, qiziqarli malumotlar, dunyo yangiliklari | Рейтинг: 5.0/7
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Июнь 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930

Copyright MyCorp © 2019
uCoz