Суббота, 20.04.2019, 03:58
Приветствую Вас Гость | RSS

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 57
Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Главная » 2019 » Март » 17 » Jizzaxda mashhur boʻlgan folbin ayolning sirlari fosh boʻldi
09:47
Jizzaxda mashhur boʻlgan folbin ayolning sirlari fosh boʻldi

Fuqarolarni soddaligidan foydalanib, ularga baxtini ochish, kelajagi haqida bashorat qilib fol ochish va shu kabi aldov ishlari bilan turli viloyatlarda shugʻullangani uchun muqaddam besh marta sudlangan Gulnora Alimardonova (ism sharifi oʻzgartirilgan) yana firibgarlik jinoyatiga qoʻl urgan.

Gulnora Alimardonova aldash yoki ishonchni suisteʼmol qilish yoʻli bilan oʻzganing mulkini qoʻlga kiritish maqsadida Sharof Rashidov tumanida yashovchi Hoshimova Muniraga (ism sharifi oʻzgartirilgan) oʻzini “eskicha”dan xabari borligini, “baxti bogʻlanib, kimdir sizni qattiq oʻqitgan, men sizni yoʻlingizni va baxtingizni ochishga oʻqiyman, shundan keyin baxtingiz ochilib yaxshi joyga kelin boʻlasiz, menga shunday ayon beryapti, meni oʻqishim uchun, avvalo, kattaroq miqdorda pul berasiz” deb uning ishonchiga kirgan.

Soʻng Hoshimova Muniradan 350 dollar, 1160000 soʻm pul, narxi 1320000 soʻm boʻlgan 6 grammlik tilla uzuk, narxi 1980000 soʻm boʻlgan 9 grammlik tilla brasletni, bahosi 900 ming soʻm boʻlgan bir dona “chayka” nomli tikuv mashinasini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritib, oʻzining ehtiyojlari uchun sarf qilib yuborgan.

Jinoyat ishlari boʻyicha Mirzachoʻl tuman sudi Gulnora Alimardonovani yuqoridagi harakatlari uchun JK 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan aybdor deb topib, besh yil ikki oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Maqsud Raimov
Jinoyat ishlari boʻyicha Mirzachoʻl tuman sudi sudyasi


Ushbu ma'lumot www.zamin.uz saytidan olindi
Категория: Yurtimiz yangiliklari | Просмотров: 151 | Добавил: ADMIN | Теги: yurtimiz yangiliklari, folbin ayolning firibgarliklari xaq, folbinlik bilan odamlarni aldam kel | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Bu oyda ko'p o'qilganlar
Поиск
Календарь
«  Март 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Copyright MyCorp © 2019