Четверг, 22.08.2019, 20:52
Приветствую Вас Гость | RSS

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 65
Статистика

Онлайн всего: 38
Гостей: 38
Пользователей: 0
Главная » 2019 » Август » 7 » Iyul oyi meteokuzatuvlar tarixida eng issiq mavsum sifatida qayd etildi
13:56
Iyul oyi meteokuzatuvlar tarixida eng issiq mavsum sifatida qayd etildi

Iqlimshunoslarning ta`kidlashicha, 2019 yilning iyul oyi meteokuzatuvlar tarixidagi eng issiq mavsum sifatida qayd etildi. Bu haqda Euronews.com nashri xabar berdi.

Evropaning iqlim o`zgarishi jarayonlarini monitoring qilish xizmati ma`lumotlariga ko`ra, iyul oyidagi o`rtacha harorat 1981-2010 yillar davomidagi o`rtacha havo harorati ko`rsatkichlaridan 0,56 daraja yuqori bo`lgan. Iyul odatda yilning eng issiq oyi hisoblanadi. Biroq atmosferaga chiqarilayotgan zararli gazlarning yil sayin ortib borayotgani o`z navbatida haroratning ko`tarilishiga sabab bo`lmoqda. Buning ortidan esa havo haroratining issiqligi bo`yicha rekord ko`rsatkichlar qayd etilmoqda.

Mutaxassislar bergan ma`lumotlarga ko`ra, joriy yilning iyul oyidagi o`rtacha harorat, bundan avvalgi 2016 yilning ayni shu davrida qayd etilgan rekord ko`rsatkichdan Selsiy bo`yicha 0,04 darajaga yuqori bo`lgan. O`tgan oyda G`arbiy Evropada anomal jazirama kuzatildi. Aksariyat mamlakatlarda harorat bilan bog`liq mutloq rekord ko`rsatkichlar qayd etildi.


Ushbu ma'lumot www.darakchi.uz saytidan olindi
Категория: Yurtimiz yangiliklari | Просмотров: 38 | Добавил: SYSTEM | Теги: o'zbekiston xabarlari, Issiq, iyul oyi, eng issiq oy, qiziqarli ma'lumotlar, yoz chillasi, yurtimiz yangiliklari, meteokuzatuv, yoz fasli, jazirama | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Август 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031

Copyright MyCorp © 2019
uCoz