Суббота, 20.04.2019, 03:21
Приветствую Вас Гость | RSS

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 57
Статистика

Онлайн всего: 5
Гостей: 5
Пользователей: 0
Главная » 2018 » Декабрь » 18 » Inson yuz tuzulishiga qarab xarakterini aniqlash usullari
09:05
Inson yuz tuzulishiga qarab xarakterini aniqlash usullari

Yuzingizda mayda va uzun ko‘rinishdagi ajinlar ko‘p bo‘lsa, bu sizning aniq maqsadga ega, rejali inson ekanligingizni bildiradi. Ko‘zning tashqi burchagidan yuqoriga qaragan ajinlar, hayotda o‘z o‘rnini topadigan, atrofidagilarning hurmatini qozona oladigan ayollarga xos.

Lab atrofidagi “o‘rdak panjasi” shaklini eslatuvchi ajin optimistik xarakteringizdan darak beradi. Bu toifa ayollar o‘zgalar dardiga sherik bo‘lib, o‘zi qolib, birovning muammosini hal etish uchun jon-jahdi bilan harakat qiladi.

Ikki qosh o‘rtasidagi chuqurcha taqdirning siz uchun atagan sinovlari hali oldinda ekanligini anglatishi mumkin. Tashvishlanmang! Qosh o‘rtasidagi yirik ajin ko‘p hollarda yuqori martabaga erishish, parvoz onlari va baxtli turmush bilan ham ifodalanadi.

Qoshning faqat bir tarafiga qarab yo‘nalgan ajin sog‘ligingizdagi o‘zgarishlardan ogohlantiradi. Shaxsiy hayotda esa hammasi yaxshi va siz kutgandek bo‘lishiga ishoradir.

Ikkita qosh o‘rtasida, eniga joylashgan va yaqqol ko‘rinib turgan ajinlar, tashkilotchilik qobiliyatingizdan darak beradi. Hamisha vaqtingiz ziq, nuqul chop-chop bilan bandsiz. Shuningdek, vaqti-vaqti bilan asabiylik ham kuzatiladi. Shundaymi?

Peshonadagi ingichka, bilinar-bilinmas ajinlar fe’l-atvoringizning o‘zgaruvchan ekanligini bildiradi. Bu toifa ayollar did borasida ajralib turishadi, o‘zi ham, hayoti ham go‘zal bo‘lishi uchun tinmay mehnat qilishadi.

Yuzdagi yoshga doir tekis, aniq va chuqur joylashgan ajinlar sohibasiga erkaklar ham havas qilsa arziydi. Unda o‘ziga xos shijoat, g‘ayrat va maqsad sari intiluvchanlik bor.

Peshonadagi qisqa yotiq chiziqlar yumshoq fe’lli, ko‘ngilchan ayollarga xos. Bunday ayolni xafa qilish oson bo‘lsa-da, arazini ortiqcha namoyish etavermaydi. Hatto g‘am-g‘ussani ham kulib turib yengishi mumkin.

Burundan lab atrofiga qarab yo‘nalgan ajinlar o‘ziga xos xarakterdan darak beradi. Bunday ayollar ob-havo singari o‘zgaruvchan, xafa bo‘lganini ham yoki xursand bo‘lganini ham bilib bo‘lmaydi, sezilmaydi.

 


Ushbu ma'lumot www.zamin.uz saytidan olindi
Категория: Psixologik testlar | Просмотров: 636 | Добавил: ADMIN | Теги: psixolagik testlar, Inson yuz tuzulishiga qarab xarakte, inson aldayotganini aniqlash usulla | Рейтинг: 5.0/8
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Bu oyda ko'p o'qilganlar
Поиск
Календарь
«  Декабрь 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31

Copyright MyCorp © 2019