Понедельник, 06.07.2020, 23:51
Приветствую Вас Гость | RSS

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 90
Статистика

Онлайн всего: 6
Гостей: 6
Пользователей: 0
Главная » 2018 » Август » 24 » Ideal tabassumga erishishning 3 usuli
20:20
Ideal tabassumga erishishning 3 usuli

Tabassum yarashmaydigan odam bo'lmasa kerak. Kulganingizda organizmdagi zo'riqishning katta foizi kamayadi. O'zimizni xursand kayfiyatda his qilamiz. 

Agar tishlaringizni yaxshi parvarishlamasangiz, nafaqat o'z-o'zingizga beriladigan baho, balki salomatlik bilan bog'liq muammolar ham yuzaga kelishi mumkin

Agar chiroyli tabassumga ega bo'lishni istasangiz, og'iz bo'shlig'ini diqqat bilan kuzatish, stomatologlarga borish va organizmingizga e`tiborli bo'lishingiz lozim. Quyida chiroyli tabassum egasiga aylanish va uni yaxshi holatda saqlashga yordam beradigan qoidalar keltirilgan.

Tishlarni tozalash

Bolaligimizda kuniga ikki mahal tishlarni yuvishga o'rgatishgan. Biroq hamma ham bu qoidaga amal qilmaydi. Bu chiroyli va sog'lom tishlarning muhim tarkibiy qismidir. Uyg'onishingiz bilan hamda yotishdan avval tozalang. Biroq juda muhim jihat bor: kechki tozalashdan keyin – hech nima ichish va yeyish mumkin emas.

Tishlar uchun maxsus ipdan foydalaning

Hamma cho'tkalar ham yig'ilgan ovqat qoldiqlarini yaxshi tozalamaydi. Shuning uchun ularni yaxshilab tozalashda tishlar uchun maxsus iplardan foydalanish kerak. Agar cho'tka tishlar ustida qattiq ishqalansa, milklarga shikast yetkazish mumkin. Ular qonaydi, bu esa tabassum uchun juda xavfli.

Saqich

Ovqat yeyish orasida yoki shirin suvdan keyin undan foydalaning. Tarkibida shakar bo'lmagan saqichlar tish va milklar uchun ijobiy ta`sir ko'rsatadi. Bu esa og'iz bo'shlig'i va yuz mushaklari uchun yaxshi mashq.


Ushbu ma'lumot www.zamin.uz saytidan olindi
Категория: Foydali maslahatlar | Просмотров: 725 | Добавил: ADMIN | Теги: eng so'ngi yangiliklar, baxtli ko'rinish usullari, kafiyatni ko'tarish usullari, chiroyli tabbasum sirlari, salomatlik sirlari | Рейтинг: 5.0/9
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Bu oyda ko'p o'qilganlar
Поиск
Календарь
«  Август 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031

Copyright MyCorp © 2020
uCoz