Понедельник, 18.11.2019, 13:42
Приветствую Вас Гость | RSS

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 75
Статистика

Онлайн всего: 6
Гостей: 6
Пользователей: 0
Главная » 2017 » Декабрь » 23 » Ichki ishlar​ vaziri tizimni nopok, befarq va poraxo‘r xodimlardan tozalashini bildirdi
20:49
Ichki ishlar​ vaziri tizimni nopok, befarq va poraxo‘r xodimlardan tozalashini bildirdi

Ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilikni kuchaytirish, xodimlarni tarbiyalash, ichki ishlar organlari tarkibiga adashib kirib qolgan befarq, mas’uliyatni to‘la anglamasdan, fuqarolarning haqli e’tiroziga sababchi bo‘layotgan nopok, tamagir, poraxo‘r va boshqa ichki ishlar organlari xodimi, degan nomga dog‘ tushirishi mumkin bo‘lgan salbiy harakatlarni sodir etishga moyil xodimlardan voz kechish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar bajarilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov Senatning XIII yalpi majlisidagi nutqida bildirib o‘tgan.

Kun.uz muxbirining xabar berishicha, vazir hisobot davrida xizmat intizomini buzgani uchun 7000dan ziyod xodimlar intizomiy jazoga, jinoyat sodir etgani uchun 201 nafar shaxs javobgarlikka tortilganini ma’lum qilgan.

«Ushbu jinoyatlarning 66tasi poraxo‘rlik, 33tasi esa firibgarlik holatlari bo‘yicha yuz bergani aniqlangan. 2017 yilning mos davri yuzasidan, 37ta jinoyatni hisobga olishdan qasddan yashirish, 601ta jinoiy ish qo‘zg‘atish holatlarini noqonuniy rad etish yuz berdi. Bu yuzasidan aybdor shaxslarga nisbatan qonunda belgilangan keskin choralar qo‘llanildi. Hozirda har bir jinoyatni o‘z vaqtida hisobga olish, shuningdek, qaydlarning kundalik nazorati yo‘lga qo‘yildi», deb ta’kidlagan vazir.

Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov kelgusida shaxsiy tarkib xodimlarining malakasini oshirish, kadrlarning muomala madaniyati, mas’uliyatini yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratishini bildirdi.

«​2018 yil 1 yanvardan boshlab, xizmat intizomini qo‘pol ravishda buzgan, xizmat vazifasiga mas’uliyatsiz yondashgan yoki unumsiz ish ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan xodimga to‘lanadigan maoshining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda jarima qo‘llaniladi»​, deydi Po‘lat Bobojonov.


Ushbu ma'lumot www.zamin.uz saytidan olindi
Категория: Yurtimiz yangiliklari | Просмотров: 570 | Добавил: ADMIN | Теги: yurtimiz yangiliklari, O'zbekistondagi yangiliklar, ichki ishlar organlari, yangi farmonlar, O'zbekistonda olib borilayotgan ish | Рейтинг: 5.0/7
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Декабрь 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Copyright MyCorp © 2019
uCoz