Четверг, 23.01.2020, 17:24
Приветствую Вас Гость | RSS

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 83
Статистика

Онлайн всего: 22
Гостей: 22
Пользователей: 0
Главная » 2018 » Август » 27 » Hayotni uzaytiradigan uyqu davomiyligi maʼlum qilindi
18:56
Hayotni uzaytiradigan uyqu davomiyligi maʼlum qilindi

Gretsiyalik va ispaniyaliklar olimlarning aniqlashicha, kuniga 6-8 soatlik uyqu yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytiradi va hayotni uzaytiradi. Shu bilan birga, agar odam kuniga olti soatdan kamroq uxlasa yoki kechasi koʻpincha uygʻonsa, unda simptomsiz ateroskleroz ehtimoli oshadi. Bu haqda EurekAlert!ʻning matbuot uchun xabarnomalarida aytilgan.

Birinchi ishda mutaxassislar soʻnggi besh yil mobaynida 11ta istiqbolli tadqiqotlardan olingan maʼlumotlarni tahlil qildilar. Unda uzoq vaqt davomida maʼlum bir xususiyatlar bilan ajralib turadigan bir necha odam guruhlari boʻlgan. Jami bir milliondan ortiq sogʻlom yoshi katta shaxs (1000541 kishi) tekshirildi. Ular uchta shartli guruhga boʻlingan, ulardan biri kuniga olti soatdan kamroq uxlashgan, ikkinchisida - sakkiz soatdan koʻproq, uchinchisi nazorat guruhi boʻlgan (kuniga olti-sakkiz soat uyqu).

Maʼlum boʻlishicha, 9,3 yil davomidagi kuzatuvlarda nazorat guruhi solishtirganda, qolgan bemorlarda yurak ishemiya kasalligi va insult xavfi mos ravishda 11 hamda 33 foizga oshdi.

Yana bir tadqiqotda yetti kun mobaynida uyqu sifatini kuzatadigan qurilmalarni taqib yurgan 3 ming 974 koʻngilli ishtirok etdi. Tajribada qatnashganlarning oʻrtacha yoshi 46 yoshni tashkil etdi. Maʼlum boʻlishicha, kuniga olti soatdan kam uxlaganlar yoki chala uyquda boʻlganlarda ateroskleroz, semizlik va diabet xavfi ham koʻproq boʻlgan.


Ushbu ma'lumot www.zamin.uz saytidan olindi
Категория: Salomatlik sirlari | Просмотров: 706 | Добавил: ADMIN | Теги: uyqu chegarasi xaqida olimlar fikir, inson bir sutkada qancha uxlashi ke, kam uyqu salomatlik uchun zarar | Рейтинг: 5.0/11
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Bu oyda ko'p o'qilganlar
Поиск
Календарь
«  Август 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031

Copyright MyCorp © 2020
uCoz