Понедельник, 06.07.2020, 23:50
Приветствую Вас Гость | RSS

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 90
Статистика

Онлайн всего: 5
Гостей: 4
Пользователей: 1
pennysv3
Главная » 2018 » Ноябрь » 12 » Hafta davomida sizni nima kutmoqda?
19:44
Hafta davomida sizni nima kutmoqda?

Hamal

Moliyaviy ahvolingiz yanada yaxshilanadi. Rejalashtirgan xaridlaringizni muvaffaqiyatli amalga oshirasiz. Haftaning ikkinchi yarmida o‘zingizni yangi tajribalarda sinab ko‘rasiz. Atrofdagilarning sizga nisbatan munosabati ijobiy tomonga o‘zgaradi. Yaqinlaringiz bilan ham xushmuomala bo‘lishga harakat qiling. Ular bilan birgalikda yangi ish boshlash uchun qulay fursat tug‘iladi. Bundan unumli foydalaning.

Savr

Pasport, viza, haydovchilik guvohnomasi va boshqa shunga o‘xshash hujjatlarni rasmiylashtirish, ro‘yxatdan o‘tkazish ishlari bilan band bo‘lasiz. Ularni o‘z vaqtida hal eting. Aks holda ortiqcha muammo bo‘lishi mumkin.

Oila a’zolaringizni ham esdan chiqarmang. Ular bergan va’dalaringiz bajarilishini kutishmoqda. Farzandlaringiz uchun sizning e’tiboringiz muhim ahamiyatga ega ekanligini unutmang.

Javzo

Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish uchun qulay fursat bo‘ladi. Ya’ni ta’mirlash, sotish, sotib olish, ijaraga berish kabi ishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirasiz. Natijada, oilaviy buyudjetingiz ancha yaxshilanib, ro‘zg‘or butlanadi. Eski tanishlaringiz bilan uzilgan rishtalarni tiklaysiz. Ular bilan yangi ishlarni birgalikda amalga oshirishga kirishasiz.

Saraton

Ishlaringizni reja asosida amalga oshirishni o‘rganing. Har bir yumushni bajarishda me’yor bo‘lishi kerak. Haddan tashqari jismoniy zo‘riqish ham salomatlikka putur yetkazishini yaxshi bilasiz. Shuning uchun o‘zingizni ehtiyot qiling. Hafta oxirida sog‘lig‘ingiz biroz bezovta qilishi mumkin. Shifokor qabuliga borsangiz zarar qilmaydi. Dam olish kunlari toza havoda sayr qilib, maroqli hordiq chiqaring.

Asad

Yangi loyihalarni tatbiq qilish uchun qulay imkon tug‘iladi. Muhim tadbirlarda ishtirok etasiz. Hech ikkilanmay g‘oyalaringizni ilgari suravering. Ortiqcha hissiyotlarga berilmay, asosiy maqsadni lo‘nda qilib tushuntiring. Shunda rejalaringizni osongina amalga oshirasiz. Ba’zilar atayin qitmir savollar berib, sizni sinashlari mumkin. Ularga ahamiyat bermang. Xotirjam bo‘ling, ko‘pchilik sizni qo‘llab-quvvatlaydi.

Sunbula

Hayotingizda muhim voqealar sodir bo‘lishi kutilmoqda. Syurprizlarga tayyor turing. Sevimli mashg‘ulotingiz bilan shug‘ullanib, vaqtingizni mazmunli o‘tkazasiz. Uzoq vaqt yodda qoladigan romantik uchrashuvdan xursand bo‘lasiz.

Ishda tartib-intizomga rioya eting. Boshlagan ishingizni oxirigacha yetkazib qo‘ying. Aks holda o‘zingizga ortiqcha tashvish orttirib olasiz. Pulni tejab ishlating.

Mezon

Mo‘maygina daromadga ega bo‘lasiz. Moliyaviy ahvolingiz sezilarli darajada yaxshilanadi. Pulni sarflashga shoshilmang. Faqat zarur narsalarni xarid qiling. Shundagina pul bilan bog‘liq muammolarning oldini olgan bo‘lasiz.

Ortiqcha vazndan qiynalyapsizmi? Unda fitnes bilan shug‘ullaning. Ham tashqi ko‘rinish, ham sog‘likka foydasi bor. Natijasi, albatta, sizni xursand qiladi.

Aqrab

Yangi hamkorlar bilan bir nechta foydali shartnomalar imzolaysiz. Bunga har tomonlama tayyor turing. Ba’zilar sizni chalg‘itishi mumkin. Ularga aldanib qolmang. Yaqinlaringiz bilan munosabatlarni yaxshilashga harakat qiling. Eski gina-adovatlarni unuting. Ularni eslab kayfiyatni buzmang. Bundan hech qanday naf yo‘q. Maqsadga erishish uchun faqat olg‘a harakat qilish lozim.

Qavs

Qarzlaringizni o‘ylab tinchingiz buzilishi mumkin. Ularni bartaraf etish uchun qulay imkoniyat bo‘ladi. Bundan unumli foydalanib qoling. Eski tanishlar bilan uchrashishingiz ehtimoli bor. Bu siz uchun ham foydali, ham yoqimli bo‘ladi. Ular bilan birga teatr, kino yoki ko‘rgazmalarga tashrif buyurarsiz, balki. Olgan yorqin taassurotlaringiz sizga ijobiy kuch-quvvat berishi aniq.

Jadiy

Mehnatingiz ijobiy samara beradi. Katta miqdorda pul yutug‘iga ega bo‘lishingiz mumkin. Ishdagi yangi takliflar borasida jiddiy o‘ylab ko‘ring. Faqat foyda ortidan quvavermasdan o‘zingiz uchun ham vaqt ajrating. Muhim sanalarni kutmay, oilaviy bayramlar uyushtiring. Bu bir-biringizga bo‘lgan mehringizni yanada oshiradi.

Dalv

Yangi ish boshlash uchun qulay hafta. Hech narsani o‘ylamay yeng shimarib ishga kirishavering. Omad bu gal siz tomonda! Balki xorijga ijodiy safar uyushtirarsiz. Mo‘maygina daromadga ega bo‘lib, ko‘chmas mulk yoki avtomobil xarid qilarsiz. Axir, bular eng katta orzungiz-ku!

Hut

Turmush-tarzingizni yaxshilashga harakat qiling. Yangi rejalar tuzasiz. Bu kelgusidagi g‘alabalar uchun poydevor vazifasini o‘taydi. Bildirilgan ishonchni oqlash uchun berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarishga harakat qiling. O‘zgalar bilan muloqotga kirishganda xushmuomala bo‘ling. Aytayotgan so‘zingizni o‘ylab gapiring. Shunda ziddiyatlarning oldini olgan bo‘lasiz. Yana doim xush kayfiyatda bo‘lishga intiling.

 


Ushbu ma'lumot www.zamin.uz saytidan olindi
Категория: Foydali maslahatlar | Просмотров: 700 | Добавил: ADMIN | Теги: XAFTALIK munajjimlar bashorai, xar kungulik munajjimlar bashorati , munajjimlar bashorati bilan tanishi | Рейтинг: 5.0/3
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Bu oyda ko'p o'qilganlar
Поиск
Календарь
«  Ноябрь 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930

Copyright MyCorp © 2020
uCoz