Четверг, 22.08.2019, 20:30
Приветствую Вас Гость | RSS

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 65
Статистика

Онлайн всего: 31
Гостей: 31
Пользователей: 0
Главная » 2018 » Март » 8 » Go`zallik borasida ko`p beriladigan 7 savolga 7 javob
19:41
Go`zallik borasida ko`p beriladigan 7 savolga 7 javob

Go`zallik doim parvarishga muhtoj. U turfa ikir-chikirlarga boy bo`lgani uchun ham bu borada savollar ko`p bo`lishi tabiiy. Biz ayollar tomonidan yuz va tirnoq parvarishiga oid eng ko`p beriladigan savollarni saralab, ularga mutaxassislarning javoblarini oldik. Quyida ularni e`lon qilayapmiz.


30 yoshdan keyingi parvarish

— Yoshim 33da, so`nggi yillar yuzimdagi teshikchalar tobora kengayib borayotganini sezayapman. Sababi nimada? Davosi bormi?

Olima, Jizzax

— 30dan keyin ko`pincha yog`li teridagi teshiklar kengayish xususiyatiga ega. Odatda, bunday terili ayollar o`smirlik davrida yuziga turli toshmalar, husnbuzarlar toshishidan aziyat chekkan bo`lishadi. O`sha paytdan boshlab terini yog`sizlantiradigan vositalarga o`rganib qolashadi. Bu vositalarni muntazam qo`llash esa vaqt o`tishi bilan terini nafaqat yog`sizlantiradi, balki quritib yuboradi, tonusini susaytiradi. Natijada teshiklar kengayib ketadi.

Uy sharoitida teri yog`liligini kamaytirish bilan birga uni namlantirib turadigan vositalarni to`g`ri, mutanosiblikda qo`llash teshikchalarning torayishi va sezilmay ketishiga olib keladi. Ayniqsa, yuzga niqoblar qilayotganda shu prinsipni mahkam ushlash kerak. Kremlarni esa quyidagi tartibda qo`llagan afzal: ertalab – terida yog` ajralishini nazorat qilib me`yorlashtiradigan, teri usti yaltirab qolishining oldini oladigan yog`sizlantiruvchi krem; kechqurun – namlantiruvchi krem, chunki tunda yog` bezlari u qadar faol ishlamaydi, shu sababli ham tungi namlantirish foydali kechadi.


«Ajinlardan qutqaring!»

— Yoshim endigina 28 da, ammo ko`zlarim atrofida chuqur ajinlar paydo bo`layapti. Ustiga ustak, ko`z tagim qorayib ham qolgan. Buning chorasi bormi?

Kamola, Urganch

— Sabablar ko`p bo`lishi mumkin, ammo siz ko`zingiz atrofidagi qora aylana qay vaqtda paydo bo`layotganiga e`tibor bering. Agar u bolaligingizdan mavjud bo`lsa, ehtimol sizda anatomik moyillik majuddir, undan qutulish ancha qiyin. Agar qora doiralar vaqti-vaqti bilan yuzaga kelsa, demak muntazam charchoq holatida yuribsiz. Dam olishingiz kerak. Ajinlar esa mimik muskullarning haddan ortiq faolligi hamda terining quruqligi natijasidir. Zamonaviy kosmetologiya 25 yoshdan boshlab ajinlarga qarshi kurashni boshlashni tavsiya etadi. So`zlaringizdan tushunish mumkinki, teringiz yupqa va ajin tushishga moyillik kuchli. Ajinga qarshi vositalardan to`g`ri foydalanish orqali bu muammoni nazoratda ushlab turishingiz mumkin.

Uy sharoitida ajinlar va qora dog`larga qarshi kurashishda quyidagi vositalar qo`l keladi:

Yuz gimnastikasi. Bo`yin va yoqa sohasida qon turib qolishi ko`pincha ko`z atrofida qora dog`lar paydo bo`lishiga olib keladi.
Kontrast bog`lamlar. Ko`z atrofini navbat bilan avval muz yoki giyohlarning muzlatilgan qaynatmasi bilan, keyin esa issiq tampon bilan artish teri tonusini oshiradi, qora dog`larni yo`qotadi, qarilik alomatlarini ketkazadi.
Namlantiruvchi krem bilan ko`z atrofini uqalash. Bu qon aylanishini yaxshilaydi va tonusni ko`taradi.
Agar bular ish bermasa, salonlarga murojaat qilib, maxsus muolajalar olish kerak.

«Chorasi faqat ukolmi?»

— Lablarim yoshligimdan chiroyli edi, ammo so`nggi paytda ularning hajmi kichrayib, atrofida mayda ajinlar paydo bo`layapti. Bunga qarshi qanday kurashish mumkin?

Oyzoda, Guliston

— Tish-jag` skeletining buzilishi, tishlar to`kilishi, gormonal o`zgarishlar shunday muammoga olib keladi. Lab chetida ko`ndalang ajinlarning paydo bo`lishi o`z tashqi ko`rinishingizga jiddiy e`tibor beishingiz kerakligidan dalolat. Chunki aynan shu ajinlarni yo`qotish qiyin va aynan ular yoshingizni katta ko`rsatadi.

Vaziyatni turli in`eksiyalarsiz to`g`irlasa bo`ladimi? Afsuski, yo`q. Ajinlar yuzaga keldimi, demak siz uy sharoitida ularning oldini olish paytini boy bergansiz. Lab atrofini parvarishlash xuddi ko`z atrofini parvarishlashdek ancha erta boshlanishi va muntazam olib borilishi kerak. Salonlarda bu muammoni bartaraf etish uchun gialuron kislota teri ostiga yuboriladi, lab atrofi tonusini oshirish uchun plazmolifting usulidan foydalaniladi.


«Keskin ozgandim…»

— Avval do`mboqqina edim, to`g`ri ovqatlanish va jismoniy mashqlar tufayli ozdim. Endi qomatim chiroyli bo`lgani bilan, bo`ynim osilib, yuz terim shalvirab qolgan. Yuz, bo`yin va dekolte hududi terisining tonusi yo`qolishi muammosi haqida ma`lumot bersangiz.

Madina, Toshkent

— Keskin vazn yo`qotish hamda yosh kattalashib borishi sabablaridan yuz ovali o`zgaradi, baqbaqalar osilib qoladi, teri tonusi tushadi. Shuningdek, qadni tik tutib yurmaslik yosh ayollarda baqbaqa va dekolte hududi terisining osilib qolishiga olib keluvchi eng keng tarqalgan sababdir. Bu muammoni bartaraf etish uchun teri va yuqori elka sohasi tonusini oshiruvchi jismoniy mashqar, masalan, pilates bilan shug`ullanish kerak.

Avvalo, ozishni niyat qilgan ayollar sport mashqlari kompleksini tanlar ekanlar, teri tonusini saqlab qolishga ko`maklashuvchi mashg`ulotlarni ham unutmasliklari lozim. Bu muammoni salonlarda plazmolifting va radioto`lqinli lifting usullarini uyg`unlashtirish orqali bartaraf etish imkoniyati ham mavjud.


Qo`l parvarishi yoddan chiqmasin

— Qo`llarim yoshimga nisbatan qari ko`rinadi: ajinlari ko`p, pigment dog`lari bor. Bo`lmasa, doim ularni parvarishlab kelganman. Muammoni qanday bartaraf etsam bo`ladi?

Nigina, Samarqand

— Asosiy sabab – noto`g`ri parvarish va insoliyasiya (quyosh nurlari ostida ko`p bo`lish). Qo`l terisi juda yupqa va nozik. Shunga qaramay u doim quyosh nurlari, maishiy kimyo vositalari, jismoniy og`irlik ta`sirida bo`ladi. Demak ularni e`tibor bilan parvarishlab borish kerak. Buning uchun:

uy sharoitida yuzga niqoblar qilganingizda qo`lingizga ham surtib olishni unutmang (haftasiga kamida 3 marta);
har safar qo`lni yuvgach, unga maxsus krem surtishni ham odatga aylantiring;
sovuq kunlari qo`llaringiz muzlashga ulgurmay qo`lqop kiyib oling;
maishiy kimyo vositalariga murojaat qilishdan avval qo`lingizga krem surtib, rezina qo`lqopdan foydalaning. Shunda bir vaqtning o`zida ham qo`l terisini oziqlantirasiz, ham uy ishlaringizni bajarasiz. Salonlarda qo`llarning yoshartirish bo`yicha qator muolajalar amalga oshiriladi. Masalan, qo`l barmoqlari mezoterapiyasi, biorevitalizasiya, plazmolifting, konturli plastika shular jumlasidan. Bu muolajalarning har birini mutaxassis qo`lning ahvoliga qarab tanlaydi va sizga u haqida batafsil tushuntirib beradi.


«Akrilmi yoki gel?»

— Sun`iy tirnoq o`stirmoqchi edim. Ikki usulni taklif etishdi: akril va gel yordamida. Qay birini tanlashni bilmay boshim qotgan. Shu ikki usulning kamchilik va afzalliklari haqida ma`lumot bersangiz.

Parizod, Chirchiq

— Gel texnologiyasi bilan qilingan sun`iy tirnoqlar juda chiroyli va tabiiy ko`rinadi. Gel tirnoqqa qo`yilishi bilan tez qotadi va darhol silliq va yaltiroq qatlam xosil qiladi. Shuningdek, gelning kimyoviy tarkibi terini yallig`lantirmaydi, allergiya qo`zg`amaydi. Lekin ikki kamchiligi bor: qimmat va mo`rtroq. Ya`ni akrilga nisbatan mo`rtroq. Gelli tirnoqlarni avaylash, keskin harakatlar qilmaslik, og`ir yumushlarni bajarmaslik kerak. Akril tirnoqlarning afzalligi pishiqligi va arzonligidadir. Lekin akril tarkibiga kiruvchi metilakril va akril kislotalari terini yallig`lantirishi va o`zingizning tirnoqlaringizni zaiflashtirib qo`yishi mumkin. Shuningdek, akril qatlam qalin bo`lgani uchun tirnoqlar biroz notabiiy ko`rinadi. Yana akrillash jarayonida chiqadigan badbo`y hid ham bu usulning kamchiliklaridan hisoblanadi.


Korreksiyaga marhamat!

— Sun`iy tirnoq qo`ydirib barmoqlarni chiroyli qilib olish mumkin, ammo vaqt o`tishi bilan bu tirnoqlar mutaxassis tomonidan korreksiyalab turilishi kerakligini eshitdim. Bu korreksiya qancha vaqt oralig`ida o`tkaziladi?

Zulfiya, Qarshi

— Ilk korreksiya sun`iy tirnoq qo`yilgandan ikki hafta o`tgach amalga oshiriladi. Bu tirnoqning naqadar yaxshi o`rnashganini, tanlangan material teri va haqiqiy tirnoq bilan qay darajada chiqishib ketganini tekshirish uchun qilinadi. Keyingi korreksiyalarni 2-3 haftada bir amalga oshirish kerak. Shunda tirnoqlaringiz uzoq vaqt chiroyli bo`lib, ko`zingizni quvnatadi.


SHAHINA tayyorladi.


Ushbu ma'lumot www.darakchi.uz saytidan olindi
Категория: Go'zallik sirlari | Просмотров: 1154 | Добавил: ADMIN | Теги: go'zallik sirlari, sochlarni turmak qilish usullari, go'zal ko'rinish sirlari, foydali maslaxatlar, ayollar uchun tavsiyalar, yuz parishi | Рейтинг: 5.0/6
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Март 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031

Copyright MyCorp © 2019
uCoz