Воскресенье, 27.09.2020, 22:29
Приветствую Вас Гость | RSS

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 93
Статистика

Онлайн всего: 9
Гостей: 8
Пользователей: 1
Poodity
Главная » 2018 » Октябрь » 24 » «GM Uzbekistan»dan yangi aksiya: Imtiyozli avtokreditlashga 4700 dona mashina qo‘yildi
19:17
«GM Uzbekistan»dan yangi aksiya: Imtiyozli avtokreditlashga 4700 dona mashina qo‘yildi

«GM Uzbekistan» AJ hamda «InfinBANK» ATB hamkorligidagi aksiya davom etishi ma’lum qilindi.

Kompaniya matbuot xizmati xabariga ko‘ra, o‘tkazilayotgan aksiyaga iste’molchilarning yuqori talabi va qiziqishini inobatga olgan holda, imtiyozli kredit shartlarida taqdim etiladigan avtomobillarning soni 4700 donagacha, modellar qatori esa — 3 pozitsiyagacha oshirildi. Endilikda sizda quyidagi avtomobillarni xarid qilish imkoni paydo bo‘ldi:

  • LACETTI CDX A/T (3 poz.) avtomobili 500 dona;
  • NEXIA 3 LTZ A/T (4 poz.) avtomobili 500 dona;
  • SPARK LT M/T (2 poz.) avtomobili 3700 dona.


Imtiyozli avtokreditni «InfinBANK» ATBning barcha filiallarida quyidagi shartlarda rasmiylashtirish mumkin:

1) 20% dastlabki to‘lov amalga oshirilganda — 5 yilgacha, yillik 24%
2) 30% dastlabki to‘lov amalga oshirilganda — 3 yilgacha, yillik 22%
3) 50% dastlabki to‘lov amalga oshirilganda — 2 yilgacha, yillik 21%
4) 60% dastlabki to‘lov amalga oshirilganda — 15-oygacha, yillik 20%

Aksiya 2018 yilning 23 oktyabridan boshlanadi. 23 dan 27 oktyabriga qadar besh kun davomida faqatgina hujjatlarni qabul qilish va o‘rganish amalga oshiriladi, 27 oktyabrdan esa avtokreditlash boshlanadi.

Aksiyada ishtirok etayotgan avtomobillar qoldig‘i bilan kunlik tarzda «InfinBANK» ATBning rasmiy saytidan ma’lumot olishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, sizdan turli vajlarda imtiyozli avtokredit rasmiylashtirish uchun qo‘shimcha mablag‘ undirish hollari yuzaga kelganda kompaniyaning Call-markaziga 71-141-77-77 raqamlari yohud O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 10-07 qisqa raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.


Ushbu ma'lumot www.zamin.uz saytidan olindi
Категория: Avtomobil olami | Просмотров: 419 | Добавил: ADMIN | Теги: Kompaniya matbuot xizmati xabariga , o‘tkazilayotgan aksiyaga iste’molch, imtiyozli kre | Рейтинг: 5.0/8
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Bu oyda ko'p o'qilganlar
Поиск
Календарь
«  Октябрь 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031

Copyright MyCorp © 2020
uCoz