Четверг, 22.08.2019, 21:06
Приветствую Вас Гость | RSS

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 65
Статистика

Онлайн всего: 27
Гостей: 27
Пользователей: 0
Главная » 2017 » Ноябрь » 4 » G‘ilaylik qanday kelib chiqadi?
16:22
G‘ilaylik qanday kelib chiqadi?

Sog‘lom ko‘zlar-go‘zallik va salomatlik asosi. Ular orqali hayot yanada go‘zal ko‘rinadi. Ammo ko‘z do‘xtirlarining ta'kidlashicha, bugun bolalarda g‘ilaylik kasalligi ko‘p uchramoqda. Xo‘sh, u qanday kelib chiqayapti, oldini olish choralari bormi? Shu savollar yuzasidan “Qashqadaryo” gazetasi muxbiriga viloyat ko‘z kasalliklari shifoxonasining oliy toifali oftalmologi Sherali Mahmudov quyidagilarni gapirib berdi.

– G‘ilaylik (strabizm) – ko‘zning shunday holatiki, bunda ko‘ruv o‘qlari qaralayotgan jismda o‘zaro kesishmaydi. Ko‘rinishi jihatidan ko‘z qorachiqlari o‘ngga, chapga, tepaga yoki pastga, ba'zan aralash holatda namoyon bo‘ladi. Bu paytda ko‘rish o‘tkirligi pasayadi, ikkala ko‘z orasida aloqa hamda ko‘zni harakatlantiruvchi mushaklarda muvozanat buziladi. G‘ilaylik hamma yoshdagi kishilarda uchrashi mumkin. Biroq u yosh bolalarda ko‘proq kuzatiladi. Kasallik tug‘ma va orttirilgan turlarga bo‘linadi. G‘ilaylik faqat tashqi ko‘rinish muammosigina emas, balki bolaning ko‘rish qobiliyatining buzilishi hamdir.

Agar ko‘z burun tomonga qaragan bo‘lsa, yaqinlashuvchi g‘ilaylik, agar aksincha, chakka tomonga qaragan bo‘lsa, uzoqlashuvchi g‘ilaylik deyiladi. G‘ilaylik bir ko‘zda yoki ikkala ko‘zda ham bo‘lishi mumkin. Maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarda ko‘z g‘ilayligi yig‘iluvchan, kattalarda esa yoyiluvchan bo‘ladi. Odatda g‘ilaylik oy-kuni etmay tug‘ilgan bolalarda ko‘p uchraydi va sekin-astalik bilan ketadi. Ko‘pchilik yosh onalar bundan tashvishlanadi va chaqalog‘ining ko‘z qorachiqlari tortishib ketayotgani haqida shikoyat qilishadi. Mutaxassislar esa ularga bu tabiiy, fiziologik g‘ilaylik ekanini tushuntiradi. Chunki chaqaloq hali ko‘z olmasini bir tartibda ushlay olmaydi. Bu holat chaqaloqlarda ikki hafta, ba'zan bir oygacha davom etib, keyin butunlay o‘tib ketadigan jarayondir. Bu davrda onadan yanada kuzatuvchanlik va e'tiborli bo‘lish talab etiladi. Ular go‘dakning har bir holatini doimiy tekshirib, qo‘llari orqali turli harakatlar bajarib, farzandining ko‘rish qobiliyatini aniqlashi mumkin. Shuni esdan chiqarmaslik kerak-ki, chaqaloq ikki oylik bo‘lganidan so‘ng biror narsaga qaraganda ko‘zi bir chiziqda turishi kerak. Shundan bola ko‘zining sog‘lom rivojlanayotganini bilish mumkin. Agar g‘ilaylik uzoq vaqt davom etsa, ko‘z olmasini turli tomonga aylantirib turadigan mushaklardan biri falajlanganidan dalolat beradi. Mabodo yaxshi o‘sib kelayotgan ko‘krak yoshidagi chaqaloqda ham g‘ilaylik sezilsa, darhol shifokorga ko‘rsatish maqsadga muvofiq.

G‘ilaylik hammada turlicha bo‘ladi. Ayrim bolalar yaqindagi narsalarni yaxshi ko‘ra oladi, uzoqdagilarni esa yaxshi payqamaydi. Boshqalari esa aksincha. Ayrim hollarda bolaning ko‘z qorachiqlari bir-biriga yaqinlashib yoki bir-biridan uzoqlashishi natijasida ham g‘ilaylik kelib chiqadi. Mabodo bir ko‘z yomon ko‘rsayu, ikkinchi ko‘z ham shu tarafga burilsa, bunday holatdayam g‘ilaylik paydo bo‘ladi. Bunda bolani yoshligidanoq mutaxassisga ko‘rsatib, davolatish yaxshi natija beradi. Bolada g‘ilaylik uzoq vaqt davom etsa, darhol ko‘z shifokoriga va nevropatologga murojaat qilish kerak.

G‘ilaylik sabablari o‘rganilganda, ba'zan nasliy moyillik, qarindoshlarda ushbu kasallikning uchrashi, homilaning ona qornida biror kasallik bilan zararlanishi, tug‘ilish vaqtida bolaning dimiqib tushishi, tug‘ruq yo‘lida uzoq turib qolishi va boshqalar sabab bo‘lishi aniqlangan. Ba'zan bosh miya chayqalganda, biror narsadan kuchli qo‘rqqanda, urilganda, qon aylanishi buzilganda, turli og‘ir kechuvchi yuqumli kasalliklar bilan kasallanganda, kuchli stress, yuqori isitma ham ushbu xastalikning yuzaga kelishiga turtki bo‘lishi mumkin.

G‘ilaylikka har qanday shubha bo‘lganida tezroq shifokor ko‘rigiga yozilish zarur. G‘ilaylikning davolash samaradorligi faqat shifokor va uning tavsiyalarigagina bog‘liq bo‘lib qolmay, balki bemorning ham davolash jarayonida faol ishtirok etishini taqozo etadi. Bunda bemor va uning ota-onasi shifokorning barcha tavsiyalarini o‘z vaqtida, to‘liq hajmda bajarilishini ta'minlashi, belgilangan mashq va muolajalarning barchasini sabr bilan bajarishi zarur.


Ushbu ma'lumot www.mulohaza.uz saytidan olindi
Категория: Salomatlik sirlari | Просмотров: 1393 | Добавил: ADMIN | Теги: g'ilaylikni davolash, g'ilaylik, ko'zlarga vitaminlar, ko'z parvarishi, g'ilaylik sababi, ko'ni zireniyasini yaxshilash | Рейтинг: 5.0/27
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Ноябрь 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930

Copyright MyCorp © 2019
uCoz