Вторник, 26.03.2019, 06:59
Приветствую Вас Гость | RSS

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 56
Статистика

Онлайн всего: 7
Гостей: 7
Пользователей: 0
Главная » 2019 » Январь » 29 » Futboldagi korrupsiya. Endi ishga DXX va Bosh prokuratura ham aralashadi
10:37
Futboldagi korrupsiya. Endi ishga DXX va Bosh prokuratura ham aralashadi

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi mamlakat futboli rivojiga toʻsqinlik qilayotgan, qonunda, reglamentlarda belgilab qoʻyilgan bandlarga rioya etmay, noqonuniy ishlarga qoʻl urayotgan shaxslarga qarshi kurashni davom ettiradi, deb xabar berdi OʻFA matbuot xizmati.

Endi, tashkilotning bu kabi ishlari maxsus inspeksiya tomonidan nazorat qilinadi.

Qayd etilishicha, futbol rivojiga toʻsqinlik qiladigan taʼmagirlik, korrupsiya, porxoʻrlik, kelishilgan oʻyinlar, totalizatorlar masalasi va boshqa shu kabi illatlarga qarshi kurash ayovsiz boʻladi.

Tashkilot oʻtgan yildagidan farqi oʻlaroq, endi faqatgina oʻz inspeksiyasi bilan cheklanib qolmay, bu kabi kirdikorlarga qarshi kurashuvchi davlat muassasalari bilan ham hamkorlikni yoʻlga qoʻyadi. Yaʼni, futbol rivojiga toʻsqinlik qilayotgan shaxslarga, guruhlarga qarshi kurash yuzasidan OʻFA mamlakat Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bosh prokuratura yordamiga tayanishga harakat qiladi.

Maxsus inspeksiya murabbiylar, hakamlar, futbolchilar, futbol sohasidagi mansabdor shaxslarning qonunga zid ishlarini nazorat qilib boradi. Shuningdek, OʻFA yoki PFLda faoliyat koʻrsatayotgan boʻlsa-da, oʻzi qonunlarga zid ish koʻrayotganlar ham jazodan chetda qolmaydi.

Eslatib oʻtamiz, 18 yanvar kuni PFL Sport boʻlimi mutaxassisi tamagirlik ustida ushlangandi.


Ushbu ma'lumot www.zamin.uz saytidan olindi
Категория: Futbol yangiliklari | Просмотров: 117 | Добавил: ADMIN | Теги: O'zbek futbolidagi pora xo'rliklar, DXX futbolda karubsiyaga qarshi kur, futbol rivoji uchun ko'rilayotgan c | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Январь 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031

Copyright MyCorp © 2019