Среда, 23.10.2019, 07:59
Приветствую Вас Гость | RSS

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 72
Статистика

Онлайн всего: 14
Гостей: 14
Пользователей: 0
Главная » 2018 » Февраль » 10 » Erkaklar jinsiy aloqadan lazzat olishlari va jinsiy aloqa vaqtini uzaytirish usullari
20:54
Erkaklar jinsiy aloqadan lazzat olishlari va jinsiy aloqa vaqtini uzaytirish usullari

Quyidagi usullari mavjud:
Ikkita ahamiyatli holat bor. Birinchisi avvalo pozitsiya (jinsiy aloqadagi erkakning holati). Erkakning pastda harakatsiz bo‘lgan holati eng kechiktiradigan pozitsiyadir. Erkak yuqoriga qarab yotadi o‘zini bo‘shashtiradi, mushaklarni erkin qo‘yib kuchanmaydi, ayol erkak ustida bo‘ladi va juda sekin sekin xarakatlar bilan aloqani davom ettiradi.
Ikkinchisi nazorat (kontrol) irodasini rivojlantirishdir. Bo‘shalishga yaqin diqqatini boshqa narsalarga chalg‘itish. Ayniqsa ayoli erkakning jinsiy qo‘zg‘atuvchi joylariga tegmasligi kerak bo‘ladi. Va jinsiy hoxish uyg‘otadigan nuqtalarga ham tegmasligi kerak. Yoki qo‘zg‘alishni susaytiradigan pozitsiyaga almashtirish kerak bo‘ladi.
Bu holatda ba’zi erkaklar ishlari haqida yoki kelgusi rejalarini o‘ylaganliklarini aytishadi. Lekin fikrni boshqa tarafga chalg‘itish jinsiy aloqadan olinadigan lazzatni susaytirishi mumkin. Shuning uchun nafas kontroli ham tavsiya qilinadi, ya’ni chuqur nafas olib 2-5soniya ushlab turib sekin chiqarish ham foydali bo‘ladi. Ko‘zlarni yarim ochiq holda bir nuqtaga termulib turish ham tavsiya etiladi.
Chuqur nafas olgach chiqarmasdan turib oldinga sal egilinsa qovuq va prostata ustidagi bosimni orttirib parasimpatik nerv tizimini qo‘zg‘atib eyakulyatsiyani kechiktirish mumkin. Eng katta foyda tegadigan usuldir bo‘lib bir paytda siydikni tutish uchun qilinidigan xarakatlardan orqa peshob mushaklarini qattiq qisish ham mumkin.
Bu harakatlarni boshida bajarish biroz mushkul tuyulishi mumkin. Lekin vaqt o‘tishi bilan odatlanilsa va jinsiy aloqa vaqtini uzatayotganini his qilaboshlanishi bilan odatiy holga aylanib boradi. Unutmaslik kerakki bu mashqlar bilan nazorat irodasini shakllantiriladi. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki juda qattiq berilib ketib jinsiy aloqani lazzatini buzish kerak emas.

Kegel mashqlari mushaklardan foydalaniladigan mashqdir. Tualetga kirganda siydikni to‘xtatish uchun ishlatiladigan mushaklardan kun davomida bajarib turilsa va jinsiy aloqa paytida ham shu mashq qilinishi erta bo‘shalishda yordami tegishi mumkin.

  • MASTERS VE JOHNSON mashqlari

Masters va Johnson tomonidan ishlab chiqilgan. Erkak kishi yaxshilab qo‘zg‘atilinib bo‘shalish boshlanishi bilan jinsiy olatni, penisni, boshini qattiq siqib bo‘shalish refleksini susaytirishga qaratilgandir. Bu yerda e’tiborni boshqa tarafga emas aynan qo‘zg‘atuvchi nuqtaga qaratilganligi bilan boshqa usullardan farq qiladi.
Natijada erkak normal jinsiy aloqada qachon bo‘shalib ketishini bilib oladi va jinsiy aloqada qachon nazorat qilish kerakligini bilib oladi. Lekin bu mashqni penis vaginaga kirgizmasdan qo‘l bilan qo‘zg‘atilishi kerak. Buni ayol kishi ham qilsa bo‘laveradi yoki erkak kishi masturbatsiya qilsa ham bo‘ladi bo‘shalish boshlanishi bilan boshini bosildi. 10-20 sekund mobaynida turiladi. Biroz og‘riq bo‘lishi mumkin lekin zarar beradigan shaklda bosish kerak emas. Bu paytda ereksiya ham biroz susayadi. 30 sekunddan keyin mashq qaytalash kerak. 3-4 marotaba qilish mumkin. Bir necha kundan so‘ng foydasi seziladi.

  • Boshla -To‘xta (START-STOP) mashqi

Jinsiy aloqa paytida bo‘shalish hissi kelishi bilan toki bo‘shalish hissi yo‘qolguncha to‘xtashdir. Hissi o‘tib ketgach yana aloqaga davom etiladi. 3 marta qaytargach keyin bo‘shalish mumkin. Bir necha kunda foydasi seziladi. Bajarish uchun ayol kishi ham albatta tushingan holda yordamlashishi kerak bo‘ladi.
2.Farmakologik davolash.
Dori vositalari yordamida 10minutgacha uzaytirish mumkin. Mahaliy kremlar foydasi kamroq kutilmagan nojo‘ya ta’sirlari mavjud. Selektiv serotonin qayta so‘rilishini ingibitorlari (SSRI; Selektif serotonin re-uptake inhibitörleri) hozirgi kunda turli dozalash tartiblarida berilmoqda. Lekin bu dorilarni qabul qilishda yetarli tajribaga ega bo‘lgan shifokor nazoratida turish shart chunki kutilmagan nojo‘ya ta’sirlari mavjuddir.
3. Operativ davolash
Juda kamdan kam bemorlarga tavsiya qilinsa ham jinsiy olat boshchasini sezuvchanligini pasaytirish maqsadida mikrojarrohlik usulida bajariladi. Nojo‘ya ta’sirlarini oldindan shifokordan so‘rab olish kerak va foydali bo‘lishga ko‘z yetsagina jarrohlik usulidan foydalanish kerak bo‘ladi.


Ushbu ma'lumot www.atf.uz saytidan olindi
Категория: Foydali maslahatlar | Просмотров: 12873 | Добавил: ADMIN | Теги: jinsiy aloqa usullari, erkaklarga tavsiyalar, jinsiy aloqadan lazzatlanish san'at, jinsiy aloqa saboqlari, jinsiy aloqa vaqtini uzaytirish | Рейтинг: 5.0/38
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Февраль 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728

Copyright MyCorp © 2019
uCoz