Понедельник, 17.06.2019, 09:56
Приветствую Вас Гость | RSS

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 61
Статистика

Онлайн всего: 18
Гостей: 18
Пользователей: 0
Главная » 2018 » Декабрь » 4 » Endilikda O‘zbekiston fuqarolari 63 ta davlatga vizasiz kirish huquqiga ega bo‘ldilar
09:10
Endilikda O‘zbekiston fuqarolari 63 ta davlatga vizasiz kirish huquqiga ega bo‘ldilar

Dunyoning eng kuchli pasportlari reytingida O‘zbekiston pasporti besh pog‘ona yuqoriga ko‘tarildi, deya xabar bermoqda Sputnik. 2017 yilda 73 o‘rinda bo‘lgan O‘zbekiston pasporti bu yil 68-o‘ringa ko‘tarilgan

Ayni damda O‘zbekiston fuqarolari vizasiz kirish huquqiga ega bo‘lgan mamlakatlar soni 63 taga yetgan. O‘tgan yil ushbu ko‘rsatgich 54 ta mamlakatni tashkil qilar edi. O‘zbekistonliklar vizasiz borishi mumkin bo‘lgan mamlakatlar qatoriga qo‘yidagilar qo‘shilgan: Kuba, Kot d-Ivuar, Gabon, Efiopiya, Tailand, Tojikiston, Ruanda, Qatar va M’yanma. 

Ma’lumotiga ko‘ra, 2018 yilda eng kuchli pasport – Birlashgan Arab amirliklariga qarashli. Ushbu mamlakat fuqarolari 167 ta mamlakatga vizasiz kirish huquqiga ega.

Ikkinchi o‘rinda – Singapur va Germaniya. Ushbu mamlakat fuqarolari 166 mamlakatga vizasiz borishlari mumkin.

Eng so‘nggi o‘rinda esa – Afg‘oniston. Ushbu mamlakat fuqarolari 29 mamlakatga vizasiz borishlari mumkin.


Ushbu ma'lumot www.zamin.uz saytidan olindi
Категория: Yurtimiz yangiliklari | Просмотров: 267 | Добавил: ADMIN | Теги: Dunyoning eng kuchli pasportlari re, deya xabar bermoqda Sputnik. 2017 y | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Bu oyda ko'p o'qilganlar
Поиск
Календарь
«  Декабрь 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31

Copyright MyCorp © 2019
uCoz