Четверг, 22.08.2019, 21:19
Приветствую Вас Гость | RSS

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 65
Статистика

Онлайн всего: 24
Гостей: 24
Пользователей: 0
Главная » 2019 » Август » 5 » DTM: «Hojatxonaga kirib, «shpargalka»lar bilan chiqayotgan abituriyentlar ham uchrayapti»
15:49
DTM: «Hojatxonaga kirib, «shpargalka»lar bilan chiqayotgan abituriyentlar ham uchrayapti»

Bugun, 5 avgust kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i Barno Rajabov ishtirokida test sinovlari to‘g‘risida navbatdagi brifing bo‘lib o‘tdi.

Unda aytilishicha, kecha, 4 avgust kungi imtihonda qatnashishi belgilangan 71 ming 340 nafar abituriyentdan 2 ming 259 nafari, guruh nazoratchilaridan esa 45 nafari test jarayonlarida ishtirok etmagan. 17 nafar abituriyent hududga kirishda, 32 nafari binoda qoidani buzgani uchun sinovdan chetlashtirilgan.

Barno Rajabovning ta’kidlashicha, taqiqlangan vositalarni hududga olib kirishga va imtihon vaqtida ishlatishga urinayotganlar soni avvalgi yillarga nisbatan ancha kam. Ammo abituriyentlar tomonidan bunday holatlarni bajarishga harakat qilayotganlar hamon kuzatilyapti.

«Hojatxonaga kirib, qaytayotgan paytda turli «shpargalka» va telefonlar bilan qo‘lga tushayotgan yoshlar ham afsuski bor. Bunday manzaralarga o‘z vaqtida barham berilyapti va noo‘rin xatti-harakat qilgan abituriyentlarga nisbatan dalolatnomalar tuzilib, ular darhol jarayondan chetlashtirilyapti», deya uning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz nashri.


Ushbu ma'lumot www.Zamin.uz saytidan olindi
Категория: Yurtimiz yangiliklari | Просмотров: 111 | Добавил: SYSTEM | Теги: 2019 o'qishga kirish ballari, dtm javoblar 2020, shpargalkalar, 2019 o'qishga kirish testlari, 2019 test javoblari, dtm imtihon javoblari, dtm test natijalari | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Август 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031

Copyright MyCorp © 2019
uCoz