Суббота, 05.12.2020, 20:37
Приветствую Вас Гость | RSS

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 94
Статистика

Онлайн всего: 8
Гостей: 8
Пользователей: 0
Главная » 2018 » Август » 27 » Bomjga atalgan pullar… (yoxud amerikalik erkak va ayolning qisqa fursatda boyib ketish usuli)
18:35
Bomjga atalgan pullar… (yoxud amerikalik erkak va ayolning qisqa fursatda boyib ketish usuli)

2017 yil noyabr oyida uysiz, umuman hech narsasiz qolib ketgan amerikalik Jonni Bobbit yoʻlda benzini tugab qolib ketgan mashina egasiga yordam qoʻlini choʻzdi. Choʻntagidagi oxirgi 20 dollar puliga benzin olib berdi. Mashina egasi Keyt Makklyur ismli ayol edi. U uysiz erkakning yordamidan mamnun boʻlib, tashakkurini boshqacharoq yoʻl bilan izhor etishni xohladi. Yaʼni, gazetalarga eʼlon berib, uysiz Bobbitga moddiy jihatdan koʻmak berishlarini soʻradi. Ayol bu ishni Mark DʻAmiko ismli yigit bilan birga amalga oshirdi. Oldiniga ular bu erkakka 10 ming dollar pul yigʻib berishni moʻljallashgandi. Qarashdiki, bir oy oʻtmay, hisob raqamidagi pullar miqdori 300 ming dollardan oshib ketdi. Sal oʻtib bu pullar 400 ming dollarga aylandi. Ana shunda ayol va erkakni shayton yoʻldan urdi. Pullarni Bobbitga bermaslikka qaror qilishdi. Buning uchun bahona ham topila qoldi. Emishki, Bobbit narkoman, bor pulini narkotiklar sotib olishga sarflarmish. Qachon bu odatini tashlasa, pullarni oʻshanda olarmish…

Shubhasiz, pul shirin tuyulganini ahmoq ham anglab yeta oladi. Bobbitning tan olib aytishicha, bu juftlik uni qandaydir gʻildirakli vagonchaga oʻxshash uychaga joylashtirgandi. Sal oʻtmay, uychaning ballonlari toʻkilib tushdi.

— Men sababini bilaman, — dedi Bobbit jurnalistlarga. — Juftlik menga atalgan pullarni hashamatli mashina sotib olish, manaman degan kurortlarda dam olish uchun sarflagan…

Xullas, uysiz Bobbit hanuz koʻchada yashamoqda. Juftlik esa uni koʻrishni ham xohlamayapti. Toʻppa-toʻgʻri. Xohlamaydi ham. Har holda amerikaliklar uchun ham 400 ming dollar katta pul-da!


Ushbu ma'lumot www.zamin.uz saytidan olindi
Категория: Qiziqarli ma'lumotlar | Просмотров: 567 | Добавил: ADMIN | Теги: hayvonot olami, qiziqarlik malumotlar, antiqa xabarlar, malumot.net saytida o'qing, eng qiziq malumotlar bazasi | Рейтинг: 5.0/6
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Bu oyda ko'p o'qilganlar
Поиск
Календарь
«  Август 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031

Copyright MyCorp © 2020
uCoz