Понедельник, 17.06.2019, 10:05
Приветствую Вас Гость | RSS

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 61
Статистика

Онлайн всего: 13
Гостей: 13
Пользователей: 0
Главная » 2017 » Октябрь » 31 » Bo‘lajak kelinchaklarga 20 maslahat
03:34
Bo‘lajak kelinchaklarga 20 maslahat

To‘ydan oldingi niyat

1. Singlim, to‘ydan oldin ham, keyin ham o‘ylamay gapiradigan yangalar, katta yoshli ayollarning nikohning birinchi kechasi, homiladorlik va tug‘ruq, qaynonalarning «anakonda»ligi, erning sevmay qo‘yishi haqidagi vahimali gaplariga quloq solma. «Menda bunday bo‘lmaydi! Xudo xohlasa, baxtli yashayman! Qaynonam bilan ona-boladek bo‘laman, umr yo‘ldoshim uchun bir umrlik sevimli yor bo‘lib qolaman!..» deya YaXShI niyat qil. «Qiz bolaning to‘ydan oldin qilgan niyatlari amalga oshadi» deb sen ham ko‘p eshitgandirsan? Sen baxtli hayotingga ishon va o‘ylaganingdek bo‘lmay, xafsalang pir bo‘lishini o‘ylama! Unutma, fikrlar moddiylashadi. Shunday ekan, o‘zingga xayolingda ham yomonliklarni «chaqirma», faqat yaxshiliklarni o‘yla!

Onalikka tayyorgarlik

2. To‘ydan oldingi niyatlaring ichida ONA bo‘lish orzung ham aks etsin. Agar talaba bo‘lsang, «to‘ydan keyin darrov bo‘yimda bo‘lib qolmasin-da, o‘qishimni tugatib olay, keyin tug‘aman» deya o‘ylama (hayotda shundaylar yo‘q emas). Іamma narsa o‘z vaqtida bo‘lgani yaxshi. Qaysidir tanishing yoki qarindoshing, qo‘shning kabi befarzandlikdan qiynalib, do‘xtirma-do‘xtir yugurib yurmaslik uchun to‘ydan oldin albatta tibbiy ko‘rikdan o‘t, lozim topilsa, bee’tibor qoldirmay, davolan. Yodingda bo‘lsin, bu to‘ydan keyingi yugur-yugurlardan ko‘ra senga har tomonlama ancha «arzonga» tushadi.

Nikoh kechasida…

3. Ilk nikoµ kechasida avvalo Yaratgandan nikoµning xayrli bo‘lishini so‘ra. Qolaversa, kelin-kuyovning bu paytda ikki rakaat nafl namozi o‘qishida µam µikmat ko‘p. Bunda «Alloµim, bizni va bizdan tug‘ilajak farzandimizni shaytondan yiroq qil» deb duo qilinadi. Yotog‘ingdan µamisha yoqimli ifor taralib tursin, choyshablarni tez-tez almashtirib tur, asosiysi, ular µamisha top-toza bo‘lsin. Agar ering bilan qaynona-qaynotangdan alohida uyda yashasang, «hech kim yo‘q-ku» deya kiyimlaringga e’tibor bermay qo‘yma. «Uy issiq» degan bahona bilan eringning yonida ochiq-sochiq kiyimlarda yurma. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, buning natijasida erkakda ayoliga nisbatan hissiy to‘yinish yuzaga keladi. Shuningdek, «ko‘cha xandon — uy zindon» bo‘lmasin. Ko‘cha-ko‘yga yasan-tusan qilib, chiroyli kiyinib chiqib, uyda bir ahvolda yurma. Ko‘pchilik ayollarga o‘xshab qancha ko‘cha kiyimi bo‘lsa ham xarid qilaverib, «uy ichiga kiyishga shuyam bo‘laveradi» dema. Axir ertalabdan kechgacha ishda bo‘lgan ering seni asosan uyda ko‘radi-da! Shuning uchun uy ichiga kiyiladigan liboslaringga ham hamisha e’tiborli bo‘l.

«Otangni onangga bepardoz ko‘rsatma»

4. Ertalab albatta eringdan oldin uyg‘on. Birinchi galda yuvinib, o‘zingga oro beri bol. O‘zingni eringga bepardoz ko‘rsatma. U hech qachon seni sochlaring to‘zigan, qovoqlaring shishgan, ko‘zlaring uyqusiragan, egningdagi kiyimlaring osilgan, yarashmagan holda ko‘rmasin. Yoring uyqudan turganida, o‘zingga va uyingga zeb bergan, nonushtalar tayyorlangan, derazalar ochilib, uy havosi yangilangan holda bo‘lsin.

Qaynonaning ro‘zg‘or maktabi

5. Mehnatsevar bo‘l. Іamma ishni o‘z vaqtida qil. «Bildim dedim — tutildim, bilmadim dedim — qutuldim» deydigan kelinlardan bo‘lma. Chaqqonlik bilan ro‘zg‘or yumushlariga kirish. Shunday bo‘lginki, qaynonang «kelinimning oyoq-qo‘li chaqqongina ekan, ishlarni men aytmasam µam o‘zidan bilib qilib qo‘yyapti» deb quvonsin. Mabodo shunday demasa ham chaqqonligingni ko‘rib, bu gapni albatta ko‘nglidan o‘tkazadi. Ba’zi qaynonalar «maqtasam erkalanib ketadi», deyishadi-da! Bilmaganingni qaynonangdan so‘rashga uyalma. So‘ramasang ham o‘rgataverishiga ensangni qotirma, «nuqul ishimdan ayb axtaradi, o‘rgataveradi», dema. Іar bitta oila — alohida bir davlat, uning o‘ziga xos qonun-qoidalari bo‘lishi tabiiy. Qaynonang o‘rgatmasa, kim o‘rgatsin? Sabr va qunt bilan o‘rgan va buning uchun ko‘nglingda noroziliklarni emas, minnatdorchilik hislarini uyg‘ot.

Ona-bola o‘rtasiga tushma!

6. Qaynona g‘iybatini qiladiganlardan bo‘lma. Ering yaxshi-yu, uni dunyoga keltirgan ona yomonmi? Shu ayol bo‘lmaganida yoningdagi shunday yorni qayerdan toparding? Іayotda erini qaynonasiga qarshi qayrab, go‘yoki o‘zi tomonga «og‘dirib» olishga urinadigan yollar bor. Sen undaylardan bo‘lma. Іyech qachon ona-bola o‘rtasidagi meµrga da’vogarlik qilma. Eringga onasini mutlaqo yomonlama. Ona-bola o‘rtasiga sovuqchilik tushiradigan ayol — oxir-oqibat mag‘lub bo‘ladigan ayol. Sen esa aksincha bo‘l, eringga qaynonangni yaxshi ko‘rishingni aytib tur, aloµida uyda yashasang, «bugun oyijonimdan xabar oldingizmi?»


Ushbu ma'lumot www.ayol.uz saytidan olindi
Категория: Ayollar uchun | Просмотров: 346 | Добавил: ADMIN | Теги: bo'lajak kelinlar uchun, ayollarga tavsiyalar, kelinlarga tavsiyalar, baxtli xayot siri, maslaxatlar | Рейтинг: 5.0/8
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Bu oyda ko'p o'qilganlar
Поиск
Календарь
«  Октябрь 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031

Copyright MyCorp © 2019
uCoz