Понедельник, 17.06.2019, 09:48
Приветствую Вас Гость | RSS

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 61
Статистика

Онлайн всего: 14
Гостей: 14
Пользователей: 0
Главная » 2018 » Ноябрь » 24 » Andijonda ichki ishlar xodimi urib o‘ldirildi
04:51
Andijonda ichki ishlar xodimi urib o‘ldirildi

Andijon viloyati, Izboskan tuman IIB tezkor xodimlari S.Ya va I.X. 22 noyabr, tungi soat 01:30larda xizmat vazifasini o‘tayotib, fuqarolar Z.T, S.N, F.Yu, E.E, A.S, X.M va A.J.ni to‘xtatib, ularning shaxsini aniqlash maqsadida o‘zlarini tanishtirishini so‘rashgan.

Viloyat prokuraturasi xabariga ko‘ra, fuqaro A.J. ichki ishlar xodimlari talabiga bo‘ysunmay qarshilik ko‘rsatgan va telefon orqali ukasi S.J va jiyani Z.Q.ni chaqirgan.

Qarindoshlari voqea joyiga yetib kelgach, bu shaxslar ichki ishlar xodimi I.X.ni ayovsiz urib, tepkilab o‘ldirishadi va ikkinchi xodim S.Ya.ni kaltaklab, tan jarohati yetkazadilar. 

Jinoyat sodir etgan aka-uka va jiyan qo‘lga olinib, ularga nisbatan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2- qismi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Nizoning boshqa ishtirokchilari ham guvoh sifatida qo‘lga olingan.


Ushbu ma'lumot www.zamin.uz saytidan olindi
Категория: Yurtimiz yangiliklari | Просмотров: 211 | Добавил: ADMIN | Теги: Andijon viloyati, Izboskan tuman IIB tezkor xodimlari, s.n, tungi soat 01:30larda xizmat vazifa, fuqarolar Z.T | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Bu oyda ko'p o'qilganlar
Поиск
Календарь
«  Ноябрь 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930

Copyright MyCorp © 2019
uCoz