Понедельник, 17.06.2019, 09:33
Приветствую Вас Гость | RSS

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 61
Статистика

Онлайн всего: 11
Гостей: 11
Пользователей: 0
Главная » 2017 » Октябрь » 11 » Ajinlar paydo bo‘lishining oldini olamiz
19:48
Ajinlar paydo bo‘lishining oldini olamiz

Xo‘sh, ajinlar paydo bo‘lishini qanday bartaraf qilish mumkin?

Ajinlarga qarshi kurashishda yuz mushaklari uchun mashqlar bajarish va terini parvarishlashni birga qo‘shib olib borish zarur.

Yomon odatlardan qutulish

Bag‘baqa va bo‘yindagi ajinlar paydo bo‘lishining oldini olish uchun iyakni pastga qisish odatini tashlash tavsiya qilinadi. Boshni biroz ko‘tarinki holda tutish – ancha foydali va yaxshiroq.

Tishlarga e’tibor berish

Tishlarning holati va o‘z vaqtida protez qilish ham juda katta ahamiyatga ega. Tishlarning yo‘qligi nafaqat hazm qilish tizimining buzilishiga balki, yuz shaklining o‘zgarishiga va chuqur ajinlar paydo bo‘lishiga olib keladi.

Kremlardan foydalanish

Uyqudan oldin yuzga krem yoki maz surish foydali. Maz 1 bankacha kremga yarim choy qoshiq tuyib mayda qilingan osh tuzini aralashtirib tayyorlanadi. Bu aralashma yuzga suriladi va 2-3 daqiqa davomida barmoq uchlari yordamida singdiriladi. Ertalab sovuq suvda yuvib, krem surib qo‘yiladi.

Quyosh nuridan himoya qilish

Yuzida ajinlar paydo bo‘la boshlagan ayollarga quyosh nuridan saqlanish va quyoshli kunlarda tashqariga chiqishdan oldin albatta krem surish tavsiya etiladi.

Massaj qilish

Ajinlar paydo bo‘lishi bilan, terida qon aylanishini yaxshilash va uni mustahkamlash uchun har kuni yuz terisini 5 daqiqa davomida barmoq uchlari yordamida yengilgina urib chiqing.


Ushbu ma'lumot www.daryo.uz saytidan olindi
Категория: Go'zallik sirlari | Просмотров: 346 | Добавил: ADMIN | Теги: go'zallik sirlari, ajin tushushini oldini olish xaqida, ajinlardan qutulish xaqida, Ajinlarga qarshi kurashamiz | Рейтинг: 5.0/8
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Bu oyda ko'p o'qilganlar
Поиск
Календарь
«  Октябрь 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031

Copyright MyCorp © 2019
uCoz