Вторник, 29.09.2020, 14:26
Приветствую Вас Гость | RSS

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 93
Статистика

Онлайн всего: 10
Гостей: 9
Пользователей: 1
marissafd1
Главная » 2018 » Октябрь » 22 » 3 ta bank boshlang‘ich to‘lovsiz avtokredit taqdim etmoqda
20:03
3 ta bank boshlang‘ich to‘lovsiz avtokredit taqdim etmoqda

GM Uzbekistan AJ xaridorlarga qulaylik yaratish maqsadida bugungi kunda avtokredit taqdim etayotgan tijorat banklari faoliyatini o‘rganib chiqdi.

Ma’lum bo‘lishicha, bugungi kunda 18 ta tijorat banki turli shartlarda avtokredit xizmatini taklif etishmoqda.

Ular orasida dastlabki to‘lov miqdori 0% bo‘lgan banklar ham mavjud. Xususan, “Ravnaq bank”, “Oriyent Finans Bank”, “Turkiston bank” tomonidan dastlabki to‘lov mavjud bo‘lmagan taqdirda ham avtokredit taqdim etilmoqda. Bunda mijoz o‘z tomonidan kredit to‘lovining garovi sifatida bozor bahosi avtomobil narxidan 125% baland bo‘lgan mulkni yoxud shuncha miqdorda sug‘urtani amalga oshirishi lozim bo‘ladi. Bunday kreditlarning muddati 36 dan 60 oygacha, yillik stavkasi 24-28 %ni tashkil qiladi.

Masalan, agar siz Nexia 3 LT 2-poz. XATB “Ravnaq bank”ning 5 yil muddatga yillik 26% stavkada avtokreditini rasmiylashtirsangiz, oylik to‘lov o‘rtacha 2,6 mln. so‘mni tashkil qiladi.

GM Uzbekistan tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobillar xaridi uchun tijorat banklari tomonidan taqdim etilayotgan avtokreditlarning batafsil shartlari bilan quyidagi havola orqali keltirilgan ro‘yxatda tanishishingiz mumkin.


Ushbu ma'lumot www.zamin.uz saytidan olindi
Категория: Avtomobil olami | Просмотров: 594 | Добавил: ADMIN | Теги: Ma’lum bo‘lishicha, bugungi kunda 18 ta tijorat banki t | Рейтинг: 5.0/7
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Bu oyda ko'p o'qilganlar
Поиск
Календарь
«  Октябрь 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031

Copyright MyCorp © 2020
uCoz